Bugundan Samarqand davlat universiteti magistrlari tomonidan dissertatsiya himoyalari boshlandi. Ushbu o‘quv yilida jami 47 mutaxassislik bo‘yicha jami 370 dan ortiq magistrantlar bitirmoqda.
Dissertatsiya himoyasida ish beruvchi tashkilotlar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi va boshqa shu kabi nufuzli tashkilotlar SamDU kadrlari bilan qiziqmoqdalar.
- Oliy ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilmoqda, - deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov. – Hozirda SamDU magistrlarining ikki yillik izlanishlarining dissertatsiya himoyasida qatnashib, ularning psixologiya va musiqa yo‘nalishidagi dissertatsiyalar e’tiborimni tortdi. Hozirda ko‘plab xodimlarga psixologlar zarur. Ularning o‘z ishini yaxshi ko‘rib bajarishi ham muhim. Har bir xodim o‘z ishini zavq bilan bajarishida psixolog yordami kerakli, albatta.
Bugun ish beruvchilarning oliy ta’limga bo‘lgan buyurtmasi qanday? Masalan, men hozir tinglagan dissertatsiya himoyasi o‘smirlarda musiqaviy qobiliyatni shakllantirishda psixologik omillarning ta’siri mavzusida edi. Bu dissertatsiya o‘zining dolzarbligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Gulruh Narziqulova, psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti magistranti:
- Bugun ustozlarimizdan 2 yil davomida o‘rgangan bilimlarimizni sinovdan o‘tkazmoqdamiz. Bu davr davomida “Depressiv holatdagi harbiy xizmatchilarni logoterapevtik usullar yordamida depressiya holatidan chiqarish” mavzusida izlanishlar olib borib, bugun muvaffaqiyatli himoya qildim. Bu juda ham hayajonli. Kelajakda psixologiyaning boshqa yo‘nalishlarida ham izlanishlar olib borishni maqsad qilganman.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati

Shavkat Akramov olgan suratlar