SamDU OTMlar reytingida yuqori pog‘onadan joy oldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi hamda QS, ARWU, TIME kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o‘rgangan holda ilk marotaba yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqladi.
Oliy ta’lim muassasalari reytingi professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, ular tomonidan e’lon qilingan ilmiy maqolalarning salmog‘i kabi 23 ta indikator asosida baholandi. Mazkur indikatorlar asosida shu yilning mart-iyun oylarida 57 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra reytingi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra Samarqand davlat universiteti reytingda eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan quyidagi kuchli 5 talik ro‘yxatidan joy oldi:
1. O‘zbekiston milliy universiteti.
2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
4.Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti.
5. Samarqand davlat universiteti.
Universitetimiz jamoasini ushbu katta muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun birgalikda astoydil mehnat qilishga chorlab qolamiz.
Mavlon Boboxonov, Rus filologiyasi fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari