“IAEA MARIE SKŁODOWSKA-CURIE FELLOWSHIP PROGRAMME” STIPENDIYA DASTURI
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) tomonidan xotin-qizlarni yadro fani va texnologiyasi sohasidagi ta’lim va kasbiy faoliyatga jalb etish, shuningdek, mazkur sohada gender muvozanatini ta’minlash maqsadida “IAEA Marie Skłodowska-Curie Fellowship Programme” (MSCFP) stipendiya dasturi amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur doirasida 2026/2027 va 2027/2028 o‘quv yillari uchun yadro sohasi bo‘yicha magistratura dasturlarida tahsil olish istagida bo‘lgan talaba-qizlar uchun stipendiyalar ajratiladi.
Dastur doirasida:
- yadro fani va texnologiyasi bilan bog‘liq magistratura dasturlarida tahsil olish imkoniyati;
- yadro sohasida bilim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati;
- kelgusida atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida faoliyat yuritish uchun zarur akademik tayyorgarlik olish imkoniyati taqdim etiladi.
2026-yilgi stipendiya dasturi uchun nomzodlarni ko‘rsatish 2026-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha davom etadi.
Yadro fani, texnologiyasi va atom energetikasi sohasida magistratura bosqichida tahsil olish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatini ushbu yo‘nalish bilan bog‘lash istagida bo‘lgan talaba-qizlarni mazkur stipendiya dasturida ishtirok etishga taklif etamiz.
Dastur, ishtirok etish talablari, magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin: www.iaea.org/MSCFP.
Tanlovda ishtirok etish va nomzodingizni ilgari surish uchun universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qiling.

