Institut direktori

Nasirov Muxtor Gafarovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 12:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon:

Biografiya

  • 1973–1983-yillarda – Samarqand davlat universiteti talabasi.
  • 1983–1993-yillarda – O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi.
  • 1993–1996-yillarda – Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi assistenti.
  • 1996–1998-yillarda – Samarqand davlat universiteti rektori yordamchisi.
  • 1998–1999-yillarda – Samarqand davlat universiteti makro va mikroelementlar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi.
  • 1999–2005-yillarda – Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti.
  • 2005–2009-yillarda – Samarqand davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i.
  • 2009–2012-yillarda – Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, tabiiy fanlar fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi.
  • 2012–2016-yillarda – Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani.
  • 2016–2017-yillarda – Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi.
  • 2017-yilda – Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i.
  • 2017–2022-yillarda – Samarqand davlat universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori.
  • 2022–2025-yillarda – Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i.
  • 2025–2026-yillarda – Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti.
  • 2026-yildan – Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti direktori.

BIOKIMYO INSTITUTI HAQIDA

 2023-yilda SamDU kimyo va biologiya fakultetlari negizida Biokimyo instituti tashkil etildi. Institutda 11 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda:

1. Analitik kimyo

2. Botanika

3. Genetika

4. Zoologiya

5. Noorganik kimyo va materialshunoslik

6. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo

7. Organik sintez va bioorganik kimyo

8. Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya

9. Fizikaviy va kolloid kimyo

10. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya

11.Biotexnologiya

    Bugungi kunda institutda 150 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan 22 ta fan doktori, professorlar, 100 ta fan nomzodlari, PhD, dotsentlar hamda 35 dan ortiq xorijiy olimlar faoliyat olib bormoqda. Institutning ilmiy salohiyat 84,8% ni tashkil etadi.

    Institutda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha, kunduzgi, kechki ta’lim turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

1. Biologiya (turlari bo‘yicha);

2. Kimyo (turlari bo‘yicha);

3. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha);

4. Kimyo muhandisligi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);

5.Fundamental tibbiyot

6.Farmatsiya

    Shu bilan birga, biologiya, biotexnologiya, kimyo, kimyoviy texnologiya, biofizika va biokimyo yo‘nalishlari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

    Institutda ilmiy daraja beruvchi PhD.28.02.2018.K.02.05, PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengashlar faoliyat olib bormoqda. Unda “02.00.02–Analitik kimyo”, “02.00.04–Fizik kimyo”, “03.00.05-Botanika”, “03.00.06–Zoologiya”, “03.00.07-O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi”, “03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy ishlar himoyasi o‘tkazilmoqda.

    Institut bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda, Italiyaning Boloniya, AQSH ning Nevada, Turkiyaning Istanbu, Anqara, Afyon Kojatepe, Rossiyaning Moskva, Tomsk, Qozon, Vengriyaning Szeged, Germaniyaning Berlin universitetlari shular jumlasidandir.

    Institutda 4000 dan ortiq eksponatga ega «Zoologiya» muzeyi, zamonaviy ilg‘or asbob-uskunalar bilan jihozlangan, Nobel mukofoti laureati, professor Aziz Sanjar nomidagi «Zamonaviy analiz usullari» ilmiy laboratoriyasi, 1000 dan ortiq nusxadagi 250 ga yaqin tur o‘simliklar o‘stirilayotgan «Oranjeriya», minglab nusxadagi gerbariylar saqlanyotgan «Gerbariy fondi», «Gazlar analizi» ilmiy laboratoriyasi, «Ekologik tizimlar va priborlar» ilmiy laboratoriyasi, mahalliy faunamizda uchraydigan barcha turdagi hasharotlarni o‘zida mujassamlashtirgan «Entomologik kolleksiya», «Zamonaviy biotexnologik tadqiqotlar», «Hujayra biologiyasi» kabi ilmiy laboratoriyalar, tirik hayvonlar bilan bog‘liq tadqiqotlar uchun «Vivariy» laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.  

 

Biokimyo instituti kafedralari