Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi rahbari

Abriyev Ro’ziqul Bo’ronovich

Biografiya

1995-1999 yil -Samarqand  davlat universiteti talabasi

1999-2001 yil - Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi magistranti 

2001-2004 yil - Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi assistenti 

2004-2015 yil - Samarqand davlat universiteti Tarix fakul’teti ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari 

2015-2019 yil - Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

2019-2021 yil - Samarqand  davlat universiteti arxeologiya kafedrasi dosenti

2021 yil h.v -Samarqand davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komlayens nazorat” tizimini boshqarish bo’lim boshlig’i 

 

Bo’limning vazifalari

Quyidagilar bo’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

Universitetda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

universitetda  korrupsiyaga  qarshi  kurash «Komplaens  nazorat»  tizimini joriy  etish  va uni  amalga  oshirish;

universitetda  korrupsiyaga  oid xavf-xatarlar  yuqori  bo’lgan yo’nalishlar  hamda  korrupsiyaga oid  huquqbuzarliklar  sodir  etilishining sabab  va shart-sharoitlarini  aniqlash;

universitetda  korrupsiya  ko’rinishlari namoyon  bo’lishiga  olib  keladigan tizimli  muammolar  va  ularni bartaraf  etish  bo’yicha  tegishli  takliflarni  kiritgan  holda  axborot berib  borish;

universitetda  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarning  sabab  va  shart-sharoitlarini  bartaraf  etish  hamda  korrupsiyaga qarshi  kurashish  choralarining  samaradorligini  oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;

universitetda korrupsiyaga  qarshi  kurashishga yo’naltirilgan  jamoatchilik  nazoratini  muvofiqlashtirib  borish, shuningdek  zamonaviy  usullar  va  axborot-kommunikasiya  texnologiyalari  asosida korrupsiyaga  qarshi  monitoring  olib  borish;

korrupsiyaga  qarshi  kurashish  va  jamoat  nazorati  sohasida  umum  e’tirof  etilgan  xalqaro  standartlar  va  xorijning  ijobiy  tajribasini  o’rganish  hamda  ilg’or  jihatlarni  tatbiq  etish  bo’yicha  takliflar  ishlab  chiqish;

universitetda  korrupsiyaning  holati,  tendensiyalari   va  sabablari  hamda korrupsiyaga  qarshi  choralar ko’rishning  samaradorligi  yuzasidan  sosiologik,  ilmiy  va  boshqa  tadqiqotlarni  tashkil  etish  va takliflar  ishlab  chiqish;

universitet  huzuridagi   akademik  litseyning korrupsiyaga  qarshi  kurashish yo’nalishidagi  faoliyatini muvofiqlashtirish.