Bo‘lim mudiri

Djabborov Abbos Xoshimovich

  • Qabul vaqti: Har ish kuni 08:30 dan 16:30 gacha.
  •  Telefon: +99866-240-38-41.
  •  Elektron pochta: devonxona@samdu.uz, samdu@exat.uz

Biografiya

  • 2005-2009-yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabasi
  • 2009-2011-yy. - Urgut tibbiyot kolleji o‘qituvchisi
  • 2012-2013-yy. - Samarqand davlat universiteti kadrlar bo‘limi uslubchisi
  • 2013-2017-yy. - Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey o‘qituvchisi, nazorat guruhi rahbari
  • 2017-y. - h.v.  - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti devonxona mudiri

 

Devonxona oliy o‘quv yurtining mustaqil faoliyat yurituvchi bo‘limi hisoblanib, universitet ustavi hamda mazkur nizomga asosan ish yuritadi va bevosita universitet rektoriga bo‘ysinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizom, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, universitet rahbariyati ko‘rsatmalari hamda ish qog‘ozlari yuritish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomaga asosan o‘z faoliyatini olib boradi.

Devonxonada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni va ish hajmiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladigan ishlar hamda vazifalar bo‘yicha javobgar shaxslar tayinlanadi. Devonxona xodimlari vazifalariga quyidagilar kiradi: universitetdan jo‘natiladigan va universitetga kelib tushadigan hujjatlarni qayd etish, farmoyish, ijro hamda moliyaviy va xizmat safarlari bilan bog‘liq buyruqlarni  rasmiylashtirish, buyruq nusxalarini tegishli institutlar, fakultetlar, boshqarmalar, bo‘limlar, kafedralar, mutasaddi shaxslarga tarqatish, universitet pochta jo‘natmalari uchun konvertlar, pochta markalarining hisob-kitobini olib borish, universitet xos qog‘ozi (blank) berilishini tegishli tarzda qayd etib borish, buyruq loyihalarini kompyuterlarga kiritish, buyruqlar asosi bilan bog‘liq hujjatlar va buyruqlarning asl nusxalarini arxivga topshirilgunicha saqlash, arxivda saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni amaldagi talablar asosida topshirishga tayyorlash va boshqalar.