Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

XORIJIY TALABALAR TO`G`RISIDA MA`LUMOTLAR

Samarqand davlat universitetida tahsil olayotgan xorijiy talabalar qarashlari

Mamatkulova Luiza
Rossiya Federatsiyasi

5230100- Inson resurslarini boshqarish

Men Mamatqulova Luiza Jamalovna, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Inson resurlarini boshqarish fakultetining 4-bosqich talabasiman. Men fakultetimni juda yaxshi ko'raman, o'qituvchilar juda xushmuomala, tushunarli va barcha darslarini qiziqarli tarzda o'tkazadilar. Bizning fakultetimiz juda faol. Biz olimpiadalarda va boshqa turli musobaqalarda qatnashadigan barcha tadbirlarda qatnashamiz. Agar men sinfdoshlarim haqida gapiradigan bo'lsam, ular bir-biriga juda mehribon. Biz juda do'stona guruhmiz va bizning minnatdorchiligimizni dekanimiz janob Djurakulov Shoxrux Davronovichga yetkazamiz, u kishi har doim bizga qiyin paytlarda yordam beradilar va har qanday muammolarni hal qilishda hech qachon yo’q demaydilar. Bizga bilim bergani uchun fakultetimizning barcha professor-o'qituvchilar jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ushbu fakultetni tanlaganimdan juda xursandman.

Burxanova Firuza Davronovna
Rossiya Federatsiyasi

5230100- Inson resurslarini boshqarish (sirtqi)

         Mening ismim Firuza Davronovna. Men Rossiya Federatsiyasida tug'ilganman. Agar biz O'zbekiston haqida gapiradigan bo'lsak, menimcha, bu barcha turdagi ijobiy imkoniyatlarga ega mamlakat. Bu yerga kelgan har bir kishi, men kabi, bu yerda yashashni davom ettirishni istaydi. Menga ayniqsa qadimiy Samarqand shahri yoqadi. Men hozirda Samarqand Davlat Universitetida tahsil olayapman, ikkinchi kurs talabasiman va bu yerda o’qiyotganimdan juda xursandman. Yaqin kelajakda universitet nomini yanada ulug'lashni xohlayman.

Bafoev Shokirjon
Tojikiston

5101306-Filologiya (rus tili va adabiyoti)

Men Bafoev Shokirjon, Tojikiston Respublikasi fuqarosi. Mening O'zbekiston haqidagi tasavvurim boshqacha, chunki qadim zamonlardan buyon mamlakatlarimiz o'rtasida o'xshashliklar ko'p bo'lgan. Bu yerda bo'lishim menga nafaqat o'qishda ustun bo'lish, balki qadimiy Samarqand me'moriy yodgorliklari va boy tarixi bilan tanishish imkoniyatini berdi. Hozirda men Samarqand Davlat Universitetining “Rus-filologiyasi va tillarni o'qitish” mutaxassisligi 3-bosqich talabasiman. Men bu yerda bo'lganimdan juda xursandman.

Ho Lim Son
Janubiy Koreya

10.00.01-O’zbek tili, doktorantura 

    Mening ismim Ho Lim Son, Janubiy Koreyadan doktorant talabaman. Men fotojurnalistika va tarix fanlari bo’yichatahsil olganman. Shu sababli men dunyoning turli tarixiy joylariga sayohat qilishga qiziqaman.

    Birinchi marta 2007 yilda sharqiy Turkistonga tashrif buyurganimda, uning tabiiy go'zalligi va go'zal landshaftlari meni qoyil qoldirgan. Ayniqsa, bu yerdagi insonlarning mehribonligi meni hayratga solardi. Shundan keyin, sharqiy Turkistonning turkiy xalqlari madaniyati va tarixi bilan qiziqdim. Shuningdek, men o'zbek va uyg'ur qarluklar nomi bilan tanilgan bir millatga mansubligini o’rgandim

    Men 2019 yilda birinchi marta Samarqandga kelganimda Mahdumi A'zam qabrini ziyorat qilgan edim. U G'arbiy Xitoy va sharqiy Turkistonda islom ta'limoti va diniy bilimlarini tarqatgan ko'plab avliyolarning ajdodidir. Termiz, Qarshi va Buxoroga sayohat qilganimda, O'zbekiston tarixi sohasida ilmiy izlanishlar olib boradigan haqiqiy xazina ekanligini angladim. Men   Koreyadagi bir yilda o’rganadigan narasalarni Samarqanddagi bir kunda o’rganishga muyassar bo’ldim.

    Albatta, u yerda juda ko'p yuqori reytingga ega bo'lgan ta’lim muassalari mavjud, ammo Samarqand Davlat universiteti o'zining atrof-muhitiga ega bo’lgan markaziy maskandir. Bu Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o'rganishni istagan tadqiqotchi uchun qimmatbaho maskan hisoblanadi.

 

Janna Rixter,

Germaniyaning Gottengen universiteti talabasi

Men, Janne Rixter, 21 yoshdaman va Germaniyada tug‘ilganman. Samarqand davlat universitetiga  o’zbek xalqining madaniyati bilan tanishish, rus tilini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdim. Universitet xalqaro hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan universitetda tahsil olish va yashash sharoitlarimiz a’lo darajada ta’minlandi.

Ayniqsa, men uchun universitet talabalar yotoqxonasida yashash juda qiziqarli bo‘ldi, chunki u yerda boshqa xorijiy davlatlardan kelgan talabalar juda ko‘p ekan. Ularning hamjihatlikda, ahil-inoq yashashini ko‘rib quvondim. Samarqand davlat universitetida o‘qish davomida, nafaqat o‘zbek madaniyati, balki boshqa ko‘plab urf-odat va an’analar bilan tanishdim.

Samarqand shahri men tashrif buyurgan shaharlar orasida eng zo‘ri bo‘ldi. O‘zbek milliy me’morchiligi, odamlarning turmush tarzi va milliy an’analari nihoyatda betakror va go‘zal. O‘zbekiston juda boy tarixga ega. Bu yerda turli din vakillari asrlar davomida birga yashab kelgan va bu uyg‘unlik ularning kundalik hayotida aks etgan. Men boshqa yevropalik talabalarga ham bu yerda o'qish va sayohat uchun kelishni tavsiya qilaman.