Markaz direktori

Umarov Sardor Yakubovich

 

Biografiya

  • 2009-2013 yillar - Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabasi.
  • 2013-2015 yillar - Samarqand davlat universiteti Umumiy tarix kafedrasi magistranti.
  • 2015-2019 yillar – Samarqand davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi kabinet mudiri. 
  • 2019-2019 yillar - Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti assistenti.
  • 2019-2020 yillar - Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari.
  • 2020-2022 yillar - Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari.
  • 2022-yildan Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori

 

MARKAZ HAQIDA

Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari markazi

Zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2019-yilda Samarqand davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasasalari bilan hamkorlikda Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultet 2022-yilda Xalqaro ta’lim dasturlari markaziga aylantirildi.

Xalqaro ta’lim dasturlari markazida Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Isroil, Hinsidton, Rossiya va AQSh kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari mavjud. Jumladan, Janubiy Koreyaning Sunchonxyang universiteti, Yeungnam universiteti, Xitoyning Shansi Normal universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Rossiyaning  Moskva davlat universiteti, Tomsk davlat universiteti, Qozon (Volga viloyati) Federal universiteti, “Stankin” Moskva davlat texnologiyalar universiteti, Hindistonning Chandigarh universiteti, Italiyaning Tusha universiteti va AQShning Webster universitetlari bilan hamkorlikda 8 ta bakalavriat yoʻnalishlari va 10 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Hozirgi kunda markazda 80 nafar, xorijiy hamkor OTMlarida esa 100 ga yaqin bakalavr va magistrantlar tahsil olishmoqda.

Markazda “Xalqaro munosabatlar”, “Iqtisodiyot”, “Amaliy matematika”, “Texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi”, “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”, “Raqamli iqtisodiyot”. “Kimyo” va “Dasturiy injiniring: aqlli transport tizimlari va uchuvchisiz platformalar” bakalavriat yoʻnalishlarida ta’lim olib borilmoqda. Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishning birinchi va ikkinchi yillari SamDUda olib boriladi. Dastlabki ikki yillik oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida oʻqishni davom ettiradi. Ushbu ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha xorijda oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega boʻladi.

Markazda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 10 ta qoʻshma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Magistraturada “Sinxron tarjima”, “Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar”, “Psixologiya”, “Buxgalteriya hisobi” va “Menejment: Xalqaro menejment”, “Mamlakatshunoslik”, “Biologiya: Bioinformatika”, “Geologiya”, “Ma’lumotlar ilmi: Biznes uchun ma’lumotlar tahlili”, “Sun’iy intellekt”, “Biotexnologiya”, “Agrobiotexnologiya” va “Uzumchilik va vinochilik” ixtisosliklari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Magistratura yoʻnalishida tahsil oladigan talabalar oʻqishning birinchi yilini SamDUda va ikkinchi yilini xorijiy OTMda olib boradi. Bugungi kunga qadar xorijda oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan 20 nafardan ortiq magistrantlar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega boʻldi.

Markazda ta’lim jarayonlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida malakali mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar jalb qilingan. Hozirgi kunga qadar hamkor xorijiy universitetlardan 4 nafar mutaxassislar markazda doimiy ravishda faoliyat koʻrsatishmoqda. Jumladan, Xitoydan 1 nafar, Hindistondan 1 nafar, Yaponiyadan 1 nafar va Janubiy Koreyadan 1 nafar professor-oʻqituvchilar markaz talabalariga dars berib kelmoqda. Istiqbolda 10 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislarning doimiy ravishda ta’lim jarayonlariga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Qo’shma ta’lim dasturlari                                                     Bitiruvchilar haqida

 

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yoʻnalishi malaka talablari

Xalqaro munosabatlar (Koreya Respublikasi, Sunchunxyang universiteti)

Iqtisodiyot (Koreya Respublikasi, Yeungnam universiteti)

Amaliy matematika (Isroil, Xolon texnologiya instituti)
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha-Isroil, Xolon texnologiya instituti)
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha- Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
Texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
Raqamli iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar boʻyicha-    Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)

Kimyo (Rossiya Federatsiyasi, Moskva davlat universiteti, Xitoy, Moskva davlat universiteti-Pekin Politexnika instituti qo’shma universiteti)

Dasturiy injiniring: aqlli transport tizimlari va uchuvchisiz platformalar (Rossiya Federatsiyasi, Qozon (Volga viloyati) Federal universiteti)

Magistratura yoʻnalishi malaka talablari

Sinxron tarjima (Rossiya Federatsiyasi, Qozon (Volga viloyati) Federal universiteti)

Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar (Rossiya Federatsiyasi, Rossiya davlat gumanitar universiteti)

Psixologiya (Hindiston, Chandigarh universiteti)

Buxgalteriya hisobi (Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)

Ma’lumotlar ilmi: Biznes uchun ma’lumotlar tahlili (Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)

Sun’iy intellekt (Hindiston, Chandigarh universiteti)

Agrobiotexnologiya (Italiya, Tusha universiteti)

 

Qoʻshma ta’lim dasturlari haqida