2025-2026-o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasi va baholash mezonlari Gov.uz – Hukumat portali saytida e’lon qilindi. Imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi. 2024/2025-o‘quv yilidagi kabi, asosiy e’tibor barcha uchun majburiy (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) va ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan (jami 5 ta fan) ga qaratiladi. 

Test sinovi tarkibi va baholash mezonlari (umumiy tartib):
Majburiy fanlar (3 ta):

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va b.) - 10 ta savol;
  • Matematika - 10 ta savol;
  • O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.

Baholash: Har bir to‘g‘ri javob uchun 1.1 ball (maksimal 33 ball).
Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar (2 ta):

  • 1-fan (yo‘nalishga mos) - 30 ta savol (3.1 ball x 30 = 93 ball);
  • 2-fan (yo‘nalishga mos) - 30 ta savol (2.1 ball x 30 = 63 ball).

Umumiy: Jami 90 ta test topshirig‘i, maksimal ball - 189 ball.
Vaqt: 3 soat.

FANLAR MAJMUASI