Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha 

Telefon: +998 91 554 6429

Biografiya                                              

  • 1992–1997 yy. — Toshkent davlat universiteti talabasi.
  • 1997–1997 yy. — Chortoq shahridagi 2-maktab matematika o‘qituvchisi.
  • 1997–1998 yy. — Samarqand shahridagi 21-maktab matematika fani o‘qituvchisi.
  • 1998–2006 yy. — Samarqand davlat universiteti qoshidagi Biznes maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
  • 2006–2008 yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Umumkasbiy fanlar kafedrasi assistenti.
  • 2008–2014 yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter tizimlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.
  • 2014–2021 yy. — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri.
  • 2021–2026 yy. — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
  • 2026-yildan –h.v gacha - Samarqand davlat universiteti Telekommunikatsiya va kompyuter injiniringi fakulteti fakulteti dekani.

Telekommunikatsiya va kompyuter injiniringi fakulteti zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet faoliyati ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalashga qaratilgan. Fakultet 2026-yilda zamonaviy raqamli sohalar ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etilgan bo‘lib, uning shakllanish tarixi 2005-yilda faoliyat boshlagan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga borib taqaladi.Hozirgi kunda fakultetda 5 ta bakalavriat va 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultet tarkibida 3 ta kafedra faoliyat yuritadi: “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Kompyuter injiniringi”, “Muhandislik qurilmalarini intellektual boshqarish”. Ushbu kafedralarda 17 nafar dotsent, 10 nafar katta o‘qituvchi va 13 nafar assistent faoliyat olib bormoqda.