Markazi boshlig'i

AZAMOV OLIM RIZAYEVICH

Biografiya

  • 1969-yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan
  • 1986-1991 yy. -S.Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika  instituti (kunduzgi) talabasi
  • 1991-1992 yy. – Samarqand viloyati Urgut tumani 10-o‘rta maktab matematika, informatika  fani o‘qituvchisi
  • 1992-1993 yy. – Samarqand arxitektura va qurilish instituti “Amaliy matematika va QABS” kafedrasi 1-toifali muhandis dasturchisi
  • 1993-1996 yy. - Samarqand arxitektura va qurilish instituti “Amaliy matematika va QABS” kafedrasi aspiranti
  • 1996-2007 yy. – Samarqand davlat universiteti Reyting markazi boshliq o‘rinbosari
  • 2008-2016 yy. - Samarqand davlat universiteti, Axborot texnologiyalari markazi 1-toifali muhandis dasturchisi
  • 2016-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti, Axborot texnologiyalari markazi bo‘lim boshlig‘i
  • 2018-2018 yy. – Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi
  • 2018-2019 yy. – Samarqand davlat universiteti Mehnatni muhofaza qilish, texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi 1-toifali muhandis
  • 2019-2022 yy. – Samarqand davlat universiteti O‘quv-uslubiy boshqarmasi sirtqi bo‘lim uslubchisi
  • 2022-2023 yy. – Samarqand davlat universiteti sirtqi ta’lim ma’lumotlarni raqamlashtirish sektori 1-toifali muhandis.
  • 2023 y -x.k. – Samarqand davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyasi markazi boshlig‘i

Raqamli ta'lim texnologiyalar markaz bo‘lim boshlig‘i rahbarining vazifalari

    O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni amaliyotga tadbiq etish, yoshlarni fan-texnika yutuqlaridan bahramand qilish, universitetda masofadan o‘qitishni tashkil etish,kompyuter savodxonligini ta’minlash, ayniqsa talabalarni axborot texnologiyalarining eng zamonaviy yutuqlaridan xabardor qilishda, amalda kompyuter bilan ishlashning yuqori texnika va texnologiyasini o‘zlashtirishga, elektron pochta, “MODEM” aloqasi borasida malakaga ega bo‘lish va jahon kompyuter zanjiri “INTERNET” dan foydalanishni tashkil etish maqsadida quyidagi faoliyat
turlari bilan shug‘ullanadi:

    Universitet lokal tarmog‘ini internet aloqasi bilan ta’minlash;

    Masofadan o‘qitishni tashkil qilish;
    Respublika DTM bilan tarmoq orqali bog‘lanib, o‘quvchilarga o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatini yaratish pulli xizmati;
    Elektron darsliklar yaratish, uni universitet lokal tarmog‘iga kiritish va shu asosda elektron kutubxonalar tashkil qilish;
    Universitetda o‘quv, ilmiy va informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish sohasida olib borilayotgan ishlarni ommalashtirish hamda universitet kutubxona fondini turli ko‘rinishdagi adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan boyitish;

    Markaz qoshida bosmaxona tashkil qilish va bu bosmaxonadan yuqori darajada foydalanishni tashkillashtirish;

    Xalqaro miqyosdagi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va professor-o‘qituvchilar, aspirantlar va talabalarga chet el grantlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

    Xorijiy va hamdo‘stlik davlatlari bilan informatsion texnologiyalar sohasida uzviy aloqa bog‘lash va hamkorlik shartnomalarini tuzish;

    O‘quv bo‘limi bilan birgalikda universitetda talabalar bilimini baholashning reyting tizimini qo‘llanilishini nazorat qilish;

    Reyting tizimi bo‘yicha universitet professor-o‘qituvchilari uchun uslubiy anjumanlar, seminar va konsultatsiyalar tashkil etish va uning natijalarini kafedra, fakultet va universitet majlislarida muhokama etib borish;

    Kompyuter sinflaridan foydalanish borasida universitet raxbariyati va ilmiy kengashiga takliflar kiritish.

    Kompyuter texnologiyalari va dasturlarining rivojlanishini o‘rganib borish, litsenziyalangan dasturlardan foydalanishni tashkil etish va yangi kompyuterlar xarid etish borasida takliflar kiritish.