Bo’limi boshlig'i

Muratkabilov Bekzod Abduraxmanovich

  •  Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari 15:00 dan 17:00 gacha
  •  Telefon: +99866-239-18-75
  •  Elektron pochta:

Biografiya

  • 2001–2001 yy. – Xalq banki Samarqand viloyati Pastdarg‘om filiali Avtomatlashtirish va telekommunikatsiya bo‘limida o‘quvchi-programmist.
  • 2001–2004 yy. – Xalq banki Samarqand viloyati Pastdarg‘om filiali Avtomatlashtirish va telekommunikatsiya bo‘limi shu’ba mudiri.
  • 2004–2005 yy. – Xalq banki Samarqand viloyati Pastdarg‘om filiali bosh buxgalteri o‘rinbosari.
  • 2005–2010 yy. – Xalq banki Samarqand viloyati Nurobod filiali bosh buxgalteri.
  • 2010–2014 yy. – Xalq banki Samarqand viloyati Paxtachi filiali boshqaruvchisi.
  • 2014–2015 yy. – Xalq banki Samarqand viloyati Pastdarg‘om filiali boshqaruvchisi.
  • 2015–2016 yy. – Xalq banki Samarqand viloyati Siyob filiali boshqaruvchisi.
  • 2017–2020 yy. – Samarqand davlat universiteti Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i.
  • 2020–2021 yy. – Samarqand davlat universiteti Buxgalteriya bo‘limi 1-toifali buxgalteri.
  • 2021–2024 yy. – Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Ishlar boshqarmasi boshlig‘i.
  • 2024–2024 yy. – O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori.
  • 2024–2026 yy. – Samarqand davlat universiteti Registrator ofisi Ma’lumotlar bazasi bo‘limi menejeri.
  • 2026 y. – h.v. – Samarqand davlat universiteti Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i.

 

Reja-moliya bo’limi boshlig’ining asosiy vazifalari: 

 

Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

Bolimning ish rejasini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek rektor buyruqlarini bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

Universitetning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni tuplash va tahlil qilish;

Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasidagi moddalr bo’yicha tahlil etish;

Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar xarajatlar smetasini loyihasini tayyorlash;

Rejali hisobotlarni tayyorlash;

Smetada ko’rsatilgan mablag’larda o’z maqsadlari yo’lida to’g’ri foydalanishni, o’rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo’l qo’ymaslikni nazoratga olish;

Universitet hududi va binolardagi bo’sh joylarni ijaraga berish bo’yicha ijarachilar bilan ijara va kommunal to’lov shartnomalarini o’z vaqtida rasmiylashtirish;

Xodimlar boyicha ishga qabul qilsh va ishdan boshatish haqidagi buyruqlarni o’z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;

Har oyning 30 sanasigacha universitetning barcha bo’lim va dekanatlarida ishlovchi xodimlar uchun yozilgan tabellarni qabul qilish va universitetning buxgalteriyasiga topshirish

Bo’lim  faoliyatiga ta’luqli bo’lgan boshqa har xil topshiriqlarni bajarish.