Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti
Fakulteti dekani
Muminova Zarifa Odilovna
- Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99898 273-94-48
- Elektron pochta: zarifamuminova1@gmail.com
Biografiya
- 1984-yilda Samarqand shahrida tug’ilgan.
- 2001-2005 yy. – Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
- 2005-2007 yy. – Samarqand davlat universiteti magistranti;
- 2005-2011 yy. – Samarqand davlat universiteti sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi o‘qituvchisi;
- 2008-2012 yy. – Samarqand davlat universiteti aspiranti;
- 2013-2016 yy. – Samarqand davlat universiteti Siyosatshunoslik. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi;
- 2016-2021 yy. – Samarqand davlat universiteti fuqarolik jamiyati va milliy g‘oya asoslari kafedrasi o‘qituvchisi;
- 2019-2021 yy. – Samarqand davlat universiteti fuqarolik jamiyati va milliy g‘oya asoslari kafedrasi dotsenti.
- 2021-2025 yy. – O‘zbekiston Finlandiya pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor.
- 08.08.2025-yildan h.v.gacha Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani.
FAKULTET HAQIDA
SamDU Ilmiy kengashining 2020 yil 16-iyundagi №11-sonli qarori va universitet rektorining 2020 yil 18-iyundagi 290-ij buyruqlari bilan ijtimoiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, Psixologiya, Ijtimoiy ish va Sotsiologiya yo’nalishlarini o’z tarkibiga olgan “Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar” fakulteti tashkil etildi. Hozirgi kunda fakultetda jami 45 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Bulardan 1 nafari fan doktori, professor, 13 nafari fan nomzodi, PhD doktorlari, dosentlardir.
Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 12 ta texnik jihozlangan o’quv auditoriyalarda darslar olib boriladi.
MALAKA TALABLARI
Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari
60311000 Sotsiologiya
60310900 Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)
60920100 Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo’yicha)
60220500 - Falsafa
Magistratura yo'nalishi malaka talablari
5A210201 Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)