Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Yuridik xizmat bo'limi

Huquqshunos maslahatchi

Buriev Ilyos Botirovich

Biografiya

1990-1991- yillarda Samarqand viloyati, Pasdarg'om tumani Progress shirkat xo'jaligida ishchi;
1991-1996  – yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi; 1996-2000 – yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi (2-mutaxassislik)
1996-2002  – yillarda Samarqand davlat universiteti sotsiologiya kafedrasi assistenti;
2002-2010  –  yillarda Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti, kriminalistika laboratoriyasi muxandis, mudiri;
2010-2014  – yillarda Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti, Jinoyat huquqi fanlari kafedrasi o'qituvchisi;
2014-2015  –  yillarda Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti, Fuqarolik va Jinoyat huquqi kafedrasi o'qituvchisi; 
2015-2017 – yillarda Samarqand viloyati, Pasdarg'om tumani "Bo'riev Botir Xurshid oq oltin dalasi" fermer xo'jaligi raisi;
2017 - yildan Samarqand davlat universiteti katta yuristkosult;

 

YU R I D I K    X I Z M A T

    Yuridik xizmat o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarorlari, buyruqlari, Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to'g'risidagi Nizomga va boshqa Qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

    Yuridik xizmat lavozim vazifalari
    Yuridik xizmat oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi qarorlari, buyruqlari, Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʼgʼrisidagi Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

    Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʼnalishlari va funktsiyalari:

    Huquqni qoʼllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
    Universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
    Universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash;
    SamDUda chiqariladigan qaror va buyruq loyihalarini nazorat qilish va huquqiy ekspertizadan oʼtkazish;
    Universitet bilan boshqa tashkilotlar oʼrtasida tuziladigan shartnomalarni nazorat qilish va huquqiy ekspertizadan oʼtkazish;
    Universitetda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etish, va qonunchilikka muvofiqligini tekshirish;
    Universitetning pedagog va boshqa xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish uchun, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etishda va oʼtkazishda ishtirok etish;
    Universitetning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda, tegishli boʼlimlar, fakultetlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, talabalari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʼrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʼrib chiqishda ishtirok etish, xulosalar berish;
    Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash choralarini koʼrish, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari boʼyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtirish;
    Universitet xodimlarining kasaba uyushma qoʼmitasiga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʼrsatish;
    Yuridik xizmat Universitet va yuridik xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik xizmatiga oid funksiyalarni amalga oshirish.