Nasirov Muxtor Gafarovich

Biografiyasi

  • 1983-1993 yy. - O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tekshirish instituti ilmiy xodimi.
  • 1993-1996 yy. - Samarqand davlat universiteti o'simliklar fiziologiya va mikrobiologiya kafedrasi assistenti.
  • 1996-1998 yy. - Samarqand davlat universiteti rektor yordamchisi.
  • 1998-1999 yy. - Samarqand davlat universiteti makro va mikroelementlar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi.
  • 1999-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti.
  • 2005-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar bo`limi boshlig’i.
  • 2009-2012 yy. - Samarqand davlat universitetlari fiziologiya kafedrasi dotsenti
  • 2012-2016 yy. - Samarqand davlat universitetlari tabiiy fanlar fakulteti dekani.
  • 2017-2022 yy. - Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar bo`yicha prorektor.
  • 2022–2023 yy. –Samarqand davlat dniversiteti xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i
  • 2023 y. – h.v. –Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig`i

 

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasida ishlarini tashkil etish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA

    Xalqaro hamkorlik boshqarmasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining tarkibiy bo‘limi hisoblanib, universitetning amaldagi ustaviga asosan ish yuritadi va bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.
    Boshqarma Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektorining buyruq va ko‘rsatmalari, universitetning ish yuritish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomasiga asoslanib o‘z faoliyatini olib boradi. 
    Xalqaro hamkorlik boshqarmasida xodimlar quyidagi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatadilar: 
    1-  Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor;
    2-  Xalqaro hamkorlik boshqarmasi;
2.1. Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i;
2.2. ish yurituvchi;
    3- Xalqaro  aloqalar va strategik rivojlanish bo’limi;
3.1. Strategik rivojlanish bo’limi boshlig’i;
3.2. bosh mutaxassis; 
3.3. bosh mutaxassis;
3.4. bosh mutaxassis.
    4- Xorijiy mutaxassislar va talabalarni jalb etish bo’limi;
4.1. Xorijiy mutaxassislar va talabalarni jalb etish bo’limi boshlig’i;
4.2. bosh mutaxassis;
4.3. bosh mutaxassis;
4.4. bosh mutaxassis.  

    1. Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
    Xalqaro hamkorlik boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.

    - boshqarma universitet kengashining qaroriga binoan xorijiy davlatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita hamkorlik aloqalar o‘rnatish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv shartnoma, bitim va bayonnomalar, ikki tomonlama diplom berish to‘g‘risidagi kelishuvlar tuzish, qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlikda fakultet va filiallar ochishni tashkil etish;
    - talabalar, ilmiy izlanuvchi-tadqiqotchilar, pedagog va ilmiy xodimlar bilan ikki tomonlama almashinuv dasturida ishtirok etish;
    - O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish, shuningdek, xalqaro konferensiya, simpozium, kongresslar va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ko‘maklashish;
    - xorijiy yuridik shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlarni, shuningdek, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;
    - oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi kasbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro dasturlarida ishtirok etish.
    - Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan universitetning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.
    - Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish.
    - Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish 
    - Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan universitet ta’lim jarayoniga malakali professor-o‘qituvchilari va xodimlarini jalb qilishda taklifnomalar tayyorlash hamda ularning vizalarini rasmiylashtirishda ko'maklashish.

    - Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish, o'zgartirishlar kiritish. 
    - O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazishni tashkil qilish.
    - Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish.
    - Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari nomzodlarini tavsiya etish.
    - E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet fakultet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish.
    - Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb sahifasini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.

ERASMUS+