Samarqand davlat universitetida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Call-markaz va Maslahat markazi tashkil etildi

    2022-2023 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Samarqand davlat universitetida Call-markaz tashkil etilgan.

    Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi:

    1. +998 66 239 18 92

    2. +998 66 239 15 53

    3. +998 66239 15 59

    4. +998 66 239 13 78

    telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

    Shuningdek, abituriyentlar uchun Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti hovlisida Maslahat markazi tashkil etilgan bo’lib, o’z savollaringizga ushbu maslahat markazi xodimlari orqali javob olishlaringiz mumkin.

 

Samarqand davlat universiteti

Qabul komissiyasi.