“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Universitetning Yadro fizika laboratoriyasi hududida 2024 yil bahor mavsumida 5000 tup hamda kuz mavsumida 3000 tup, jami 8000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.      

Ekilgan daraxt ko‘chatlarini to‘liq unib o‘sishi uchun suv tizimi bilan ta'minlanib, ma'sullar biriktirildi.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan samarali foydalanish maqsadida universitet bo‘yicha 1230 k/vtli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, bundan olinadigan energiya universitetning 60 foiz energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlaydi. 2024 yilda ham bajarilgan ishlarga qo‘shimcha ravishda 1-son va 2-son TTJ binolarining har biriga quvvati 1000 litr bo‘lgan 2 ta gellikollektorlar o‘rnatildi, koridor va zinalardagi yoritish chiroqlariga 200 ta harakat datchiklari o‘rnatildi, 1000 ta yoritish chiroqlari energiya tejamkor (8W LED) lampalarga almashtirildi.

2025 yilda ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olingan.