Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Qurulish-ta'mirlash ishlari bo'yicha prorektor

Qurulish-ta'mirlash ishlari bo'yicha prorektor

Shukurov Shavkat Shukurovich

  •  Qabul vaqti: Shanba 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 99 576 11 49
  •  Elektron pochta:

Biografiya

1994-2003-y. Qo‘shrabot tumanidagi 45 – sonli o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi.
2003 – 2006-y. Samarqand bank kolleji bitiruvchisi.
2013-2021-y.  Samarqand baholash va konsalting markazi” MCHJ hisobchisi.
2017-2021-y. Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti talabasi.
2021-2022-y. Samarqand davlat universiteti bosh auditor, bosh muhandis va qurilish–ta’mirlash ishlari bo‘yicha prorektor.

 

Vazifalar

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim hamda Qurilish vazirligining tegishli qaror va topshiriqlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, qurilish-tamirlash jarayonlariga oid masalalar bo’yicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Universitet qoshida yangi o’quv binolari, laboratoriya, sport inshootlari, yotoqxona va boshqa binolarni qurilishi yuzasidan loyiha takliflari ishlab chiqish.
  • Ishlab chiqilgan loyiha takliflarini rahbariyat va yuqori turuvchi tashkilotlar hamda tegishli vazirliklarga taqdim etish;
  • Universitet tasarrufidagi barcha binolarni yangi o’quv yiliga tayyorlash, bunda: mavjud binolarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borilishini tashkil etish;
  • Binolarning qurilish-ta’mirlash jarayonida qurilishga ishatiladigan materiallarning sifatini nazorat qilish hamda qurilish-montaj ishlarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanishni ta’minlash;
  • Binolarda olib boriladigan qurilish-montaj ishlari uchun tayyorlanadigan barcha xujjatlarni qonun talablari asosida bajarilishini nazorat qilish;
  • Universitet tasarrufidagi barcha binolarda kuz-qish mavsumining betalofat utkazishini ta’minlash bo’yicha zaruriy choralar ko’rish. Bunda binolarning tom qismi, isitish tizimi, eshik va deraza romlarining texnik xolatlarini to’liq o’rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini olib borilishini tashkil etish;
  • Muassalarda olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash;
  • Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;