Yurtimiz miqyosida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan ekologik hashar va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida Samarqand davlat universiteti talabalari ham faol qatnashmoqdalar. Shu kunlarda talabalar hududlarda mavjud daraxt va gullarni parvarishlash, yangi nihollar o‘tqazish, hududlarni tozalash kabi yumushlarga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Ushbu tadbirlarda faol qatnashgan talabalar rag‘batlantirildi.

Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari jamoasi, eko-faol talabalari ishtirokida universitetda “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida “Yangi daraxt – yangi nafas” eko-chempionati o‘tkazildi.

O‘z uyingda bog‘ yarat!” yo‘nalishi bo‘yicha 405-guruh talabasi Sohila Xalilova Samarqand shahrining Qorasuv massivida joylashgan o‘zi yashayotgan 164-uy hovlisida, shuningdek ishxonasining hovlisida daraxt va gul ko‘chatlari ekishni tashkil etib, eko-chempionatda 1-o‘rinni egalladi.

304-guruh talabasi Dinora Muzaffarova tomorqasida olcha daraxtlari va qulupnay ekkan bo‘lib, u 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Talabalar Shahnoza Muhammadjonova hamda Ruxshona Holmuminova esa 3-o‘rinni baham ko‘rdilar.

Samarqand davlat universitetida “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida “Butunjahon tozalik kuni” (“World Cleanup Day”) munosabati bilan o‘tkazilgan ekoploggingdan lavhalar. Universitet hududi, atrof ko‘chalar va bog‘larda tozalash ishlari amalga oshirildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar va eko-faol talabalar faol qatnashdilar.