ZARAFSHON MILLIY BOG‘IDA KO‘KALAMZORLASHTIRISH AKSIYASI O‘TKAZILDI
Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti talabalari ishtirokida Zarafshon milliy bog‘ida ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.
Ekologik aksiya davomida talabalar hududni yanada obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.
Tadbir yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr-muhabbat va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi. Shuningdek, mazkur tashabbus ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslarni asrash va yashil makonlarni ko‘paytirish borasidagi amaliy ishlarga munosib hissa bo‘ldi.
Bunday ekologik tadbirlar talaba-yoshlarni tabiatni asrashga keng jalb etish, ularning ekologik dunyoqarashini shakllantirish hamda yashil kelajak barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





