Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti
Institut direktori

Jo‘liboy Danabayevich Eltazarov
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99866-239-18-92;
- Elektron pochta: Juliboy2@gmail.com
Biografiya
1978-1980 yy. - Forish tumani o‘rmon xo‘jaligi ishchisi.
1980-1985 yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi.
1985-1989 yy – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi aspiranti, viloyat «Lenin yo‘li» gazetasi xodimi, «Samarqand universiteti» gazetasi muharriri.
1989-1993 yy – Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi laboranti, o‘qituvchisi.
1993-1997 yy. – Samarqand davlat universiteti doktoranti.
1997-1999 yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi.
1999-2000 yy – Pusan Chet tillar universiteti Markaziy Osiyo tillari kafedrasi professori (Janubiy Koreya).
2000-2005 - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi.
2003-2005 yy. - Berlin Gumboldt va Berlin Frey universitetlarining (Germaniya) professori.
2005-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani.
2007-2010 yy. – Osaka universiteti Jahon tillari institutining (Yaponiya) professori
2010- 2014 yy. – Mugla Sitki Kochman universiteti (Turkiya) Hozirgi turkiy tillar kafedrasining professori.
2014-2015 yy - Samarqand davlat universiteti katta ilmiy xodimi, Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i.
2015-2016 yy - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri
2016-2020 yy - Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani.
2020-2024 yy - “Ipak Yo‘li” Turizm va madaniy meros Xalqaro universiteti Birinchi Prorektori.
13.03. 2024 y – h.v gacha Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani.
Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti – ilm va ma’rifat maskani
Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti, Samarqand davlat universiteti singari o‘z ildizini buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek asos solgan Madrasa tarixidan oladi. U mazkur madrasadagi ilmu lison va ilmu adab majmuasining XXI asrdagi mantiqiy davomi, ya’ni qadimiy ilmiy an’analar va zamonaviy ta’lim tizimi uyg‘unlashgan ma’naviy-ma’rifiy maskandir.
Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti yangi tarixi ham bevosita universitetimizning yangi tarixi bilan hamohang bo‘lib, u 1927-yilda Filologiya fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Bu maskan o‘tgan bir asrdan ziyod vaqt davomida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, turkologiya sohalarida chuqur ilmiy an’analarni shakllantirib, mamlakatimizda til va adabiyot ta’limining yetakchi o‘choqlaridan biriga aylandi.
Institutning shakllanishi va rivojlanishida o‘zbek va jahon filologiya fanining yirik namoyandalari – Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, G‘ozi Olim Yunusov, Abdurahmon Sa’diy, Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullayev, Ulug‘ Tursunov, Yevgeniy Polivanov, Abdulla Sulaymonov, Orif Ikromov, Xudoyberdi Doniyorov, G‘ani Abdurahmonov, Rahim Muqimov, Botirxon Valixo‘jayev, Rahmatulla Qo‘ng‘urov, Nuriddin Shukurov, Rahmonqul Orzibekov, Vahob Egamov, Abdujabbor Muxtorov va Nazar Rajabov kabi zabardast olimlarning hissasi beqiyosdir. Ularning ilmiy merosi institutning bugungi taraqqiyotida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunga kelib, institut “filologlar beshigi” sifatida nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi ta’lim tizimi uchun o‘n minglab yuqori malakali filolog-mutaxassislar tayyorlab berdi. Ular orasidan atoqli davlat va jamoat arboblari, taniqli olimlar, 150 dan ortiq fan doktorlari hamda 500 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqqan.
Institut bugun ham o‘zining boy ilmiy an’analarini davom ettirgan holda, zamonaviy ta’lim texnologiyalariga tayangan, milliy qadriyatlar va ilg‘or tajribalar uyg‘unlashgan yangi bosqichga kirib bormoqda. Filologiya fanlari doktorlari, professorlar M.Muhiddinov, H.Umurov, I.Mirzayev, S.Karimov, J.Hamroyev, M.Yo’ldoshev, J.Eltazarov, Sh.Hasanov, D.O’rinboyeva, S. Xo’jaqulov, S.Zanjaniy, I.Sulaymonovlar bugungi kunda mamlakatimiz filologiya fanida tanilgan olimlardir hamda ular o’z shogirdlari bilan yangi-yangi ilmiy yo’nalishda tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Hozirgi paytda institutda 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: turk tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: tojik tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat; 70230101 – Lingvistika (oʻzbek tili), 70230104 – Adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti), 70230101 – Lingvistika (rus tili), 70230104 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti), 70230101 – Lingvistika (tojik tili), 70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: adabiyotshunoslik mutaxassisliklari boʻyicha magistratura ta’limi berilmoqda. 10.00.01 – Oʻzbek tili, 10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ixtisosliklari boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Hozirgi kunda institutimizda 10 ta kafedrada 150 ga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, o‘zbek tili va adabiyoti, turkologiya, tojik tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, shuningdek, ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishlarida samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ular orasida 24 nafar fan doktori, professor hamda 68 nafar fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan uch nafari – M.Muhiddinov, H.Umurov va S.Karimov – “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, M. Muhiddinov va S. Karimov “I darajali Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, 20 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi davlatimizning turli orden va medallari bilan mukofotlangan.
Institutda 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: turk tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: tojik tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili, 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatda 1700 nafardan ortiq talaba, 70230101 – Lingvistika (oʻzbek tili), 70230104 – Adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti), 70230101 – Lingvistika (rus tili), 70230104 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti), 70230101 – Lingvistika (tojik tili), 70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: adabiyotshunoslik mutaxassisliklari boʻyicha 210 nafar yosh tadqiqotchi magistraturada ta’lim olmoqda.
Shuningdek, talaba-yoshlar uchun “Shalola” ijodiy toʻgaragi, “Behbudiy izdoshlari” teatr toʻgaragi, “Gulyor” folklor-etnografik ijodiy toʻgaragi, “Mushoira” she’riyat klubi, “Yosh tilshunos”, “Pedagogik mahorat”, “Navoiy izdoshlari”, “Suxanshunos”, “Литературовед”, “Лингвист” kabi ilmiy-ijodiy toʻgaraklar mavjud boʻlib, ular institutdagi hamda institut jamoasi hamkorlik qilayotgan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablardagi ijodkor yoshlarni oʻz saflariga birlashtirgan.
MALAKA TALABLARI
Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari
60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili
60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: turk tili
60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: tojik tili
60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili
60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili
Magistratura yoʻnalishi malaka talablari
70230101 – Lingvistika (oʻzbek tili)
70230104 – Adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti)
70230101 – Lingvistika (rus tili)
70230104 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
70230101 – Lingvistika (tojik tili)
70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: adabiyotshunoslik

