Boshqarma boshlig'i

SAMATOV SAYDAZIM MAMARAXIMOVICH

  •  Qabul vaqti: Seshanba, payshanba, 16-00 dan 18-00 gacha
  •  Telefon: +998 91 556 56 56
  •  Elektron pochta: saydazim_samatov@gmail.com

Biografiya

  • 1992-1997 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 1997-2000 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
  • 2001-2004 yy. - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi kichik ilmiy xodimi
  • 2004-2006 yy. - Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi» kafedrasi assistenti
  • 2006-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti kafedrasi doktoranti
  • 2009-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi» kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
  • 2011-2013 yy.   - Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksional analiz» kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
  • 2013-2017 yy.   -  Samarkand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi bo‘lim boshlig‘i 
  • 2017-2022 yy. -  Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksional analiz» kafedrasi dotsenti
  • 2022-2023 yy.  - Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
  • 2023 y – h.v.     - Samarqand davlat universiteti 2-o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

LAVOZIM VAZIFALARI

  • universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlarini tanqidiy tahlil qilgan holda, fakultetlar va kafedralarning o‘quv va uslubiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda tegishli takliflar tayyorlaydi;
  • Rektor va Kengash yig‘ilishlari kun tartibiga sohaga tegishli dolzarb masalalar yuzasidan takliflar kiritadi hamda bu borada ma’lumotlarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • O‘quv-uslubiy boshqarmada tayyorlanayotgan hujjatlarni oliy ta’lim tashkiloti bo‘lim boshliqlari hamda direktor va dekanlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;
  • oliy ta’lim tashkiloti ilmiy-uslubiy Kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga oid masalalari tayyorlaydi;
  • o‘quv-uslubiy masalalar bo‘yicha fakultet va kafedralar o‘quv-uslubiy Kengash rahbarlari seminarlarini tashkil qiladi;
  • oliy ta’lim tashkiloti a’zo bo‘lgan Muvofiqlashtirish soha kengashi faoliyatida (majlislarida) ishtirok etadi;
  • professor-o‘qituvchilarning mutaxassislik, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha tegishli muddatlarda malaka oshirish rejalarini tuzadi va ijrosini nazorat qiladi;
  • akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlarida yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarining (darslik, o‘quv qo‘llanma, monografıya va boshqalar) ekspertizasini tashkil etadi va chop etishga ruxsatnoma berilishini ta’minlaydi;
  • universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejaladagi fanlar bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini, nashr etish rejasini shakllantiradi;
  • universitetda eng yaxshi o‘quv adabiyotlari yillik tanlovlarini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka taqdim etadi;
  • universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotida “Eng yaxshi” pedagog tanlovini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka taqdim etadi;
  • Ilmiy-uslubiy kengashlarga tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi;
  • pedagog kadrlar va rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etadi, hujjatlarni tayyorlaydi, jarayonni nazorat qiladi;
  • o‘quv reja va ishchi dastur (sillabus)larning tuzilishini va tayyorlanishini nazorat qiladi;
  • universitetda masofaviy ta’lim shakli uchun tayyorlangan kontentlarning fanning o‘quv dasturiga mosligi, elektron platformaga kiritilganligini tahlil qiladi;
  • universitetning institut va fakultetlarida o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishini nazorat qiladi;
  • sifat nazorati hay’ati orqali o‘quv mashg‘ulotlarining sifat darajasini oshirishga erishish, yosh pedagog kadrlar malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
  • universitetning institut, fakultet va kafedralari bilan hamkorlikda o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi;
  • o‘quv-uslubiy jarayon bo‘yicha prorektor va boshqarma boshlig‘ining tegishli topshiriqlarini bajaradi.