Samarqand davlat universiteti Kuzatuv Kengashi tarkibi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil “8” – yanvardagi 3-son buyrug’iga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kuzatuv Kengashi tarkibi haqida ma’lumot
|
T/r |
F.I.O. |
Lavozimi |
|
|
1 |
Ashurov Muxsin Xurramovich |
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizika instituti akademigi. |
Kuzatuv Kengashi raisi |
|
2 |
Egamberdiev Shuxrat Abdumannopovich |
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mirzo Ulig’bek nomidagi Astronomiya instituti direktori, akademik. |
Kuzatuv Kengashi raisi o’rinbosari |
|
3 |
Djalolov Shavkat Amonovich |
"Agromir group" direktorlar assotsiatsiyasi kengashi raisi. |
A’zo |
|
4 |
Saidmurodov Uktam |
“Stekloplastik” MChJ raisi. |
A’zo |
|
5 |
Sharipov Shavkat O’ktamovich |
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy masalalar qo’mitasining a’zosi, Samarqand shahar “Sharq sanoat konserni ta’sischisi”. |
A’zo |
|
6 |
Musinov Baxtiyor Muxamedjanovich |
“Baxt”xususiy korxonasi rahbari |
A’zo |
|
7 |
Raximov Pulat Raximovich |
“Regal”AJ ta’sischisi |
A’zo |
|
8 |
Yusupov Nosir Fatixovich |
“Bulungur Sandvicagrofirma” MChJ qoʻshma korxonasi rahbari |
A’zo |
|
9 |
Abdulloyev Kamol Talatovich |
Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi |
A’zo |
|
10 |
Xalmuradov Rustam Ibragimovich |
Samarqand davlat universiteti rektori |
A’zo |
|
11 |
Soleyev Axmadjon Soleyevich |
Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori |
A’zo |
|
12 |
Raxmanov Ismayl Usmanovich |
Samarqand davlat universiteti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori |
A’zo |
|
13 |
Usmanova Dilafruz Qarshiyevna |
Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti |
Kengash kotibi |
Kengash raisi – Ashurov Muxsin Xurramovich (ma’lumotnoma)
Kengash maqsadi va vazifalari.
Kuzatuv Kengash O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–60-son va “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorlariga muvofiq tashkil etilgan. Kuzatuv kengashi muassasani samarali boshqarishda strategik organ hisoblanadi.
Kengash maqsadi - Ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, Universitetni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayonini takomillashtirish va strategik rivojlantirishni ta’minlash.
Kuzatuv kengashining vazifalari.
Tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida
Universitet tarkibida yangi institut, laboratoriya, ilmiy markazlarni, akademik tadbirkorlikni tashkil etish;
Universitet rektorining Universitet ustaviga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini muhokama qilish va bu bo‘yicha qaror qabul qilish;
Kuzatuv kengashining samarali ishlashini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oliy ta’lim muassasasi faoliyati yuzasidan
Kengash nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Universitet faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shu jumladan Universitetning rahbarlik lavozimlariga (rektor va prorektorlar) nomzodlarni ko‘rib chiqadi;
Universitet oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha rektor va prorektorlar faoliyatini o‘rganish hamda axborotini eshitish;
Universitet rahbari va xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash;
Universitet hamda ular huzuridagi ta’lim va ilmiy muassasalarning rahbari va xodimlari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilash;
Moliyaviy mustaqillik sohasida
Universitetning uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
Universitetning o‘rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish;
ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Universitetning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat o‘tkazish uchun qo‘shimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish;
Universitetni rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etish, shu jumladan nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rinishida maqsadli kapital jamg‘armasini shakllantirish;
ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash;
Universitetning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini, shu jumladan xarajatlarning taqsimlanish ulushini mustaqil belgilash.
Elektron pochta yo‘q, telefon +998906000888
Kuzatuv kengashining 2025-yil 16-yanvardagi yig'ilishining 1-son bayonnomasidan ko'chirma. 3-masala
Kuzatuv kengashining 2025-yil 16-yanvardagi yig'ilishining 1-son bayonnomasidan ko'chirma. 4-masala
Kuzatuv kengashining 2025-yil 16-yanvardagi yig'ilishining 1-son bayonnomasidan ko'chirma. 5-masala

