Samarqand davlat universiteti iqtidorli talabalari yutuqlari va ilmiy faoliyati
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida har yili iqtidorli talabalar tanlab olinib, ularga ilmiy rahbarlar biriktiriladi. Bugungi kunda 1500 dan ortiq talaba ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan.
Iqtidorli talabalar faoliyati muntazam ilmiy seminarlarda, kafedra yig‘ilishlari va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama etilib, natijalar ilmiy jurnallarda chop ettirib borilmoqda. Shuningdek, maxsus guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
“Yoshlar akademiyasi” faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 8-avgustdagi 349-son buyrug‘i ijrosi doirasida universitetda Yoshlar akademiyasi tashkil etildi. Akademiyaning universitet lideri etib Biokimyo instituti 2-bosqich magistranti, “Mirzo Ulug'bek vorislari respublika tanlovi" g'olibi Bebitova Komila Elmurod qizi saylandi.Institutlar va fakultetlar kesimida ham liderlar belgilandi va ularning tashabbusi bilan talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Fan olimpiadalari va tanlovlarda yutuqlar
Universitet talabalari muntazam ravishda turli fan olimpiadalari va tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda.
2025-yil aprel oyida Turkmaniston Respublikasida o‘tkazilgan OMOUS-2025 xalqaro matematika fani olimpiadasida 1 oltin va 1 bronza medal qo‘lga kiritildi.
Rossiyaning Yevroosiyo tarmoq universitetida o‘tkazilgan 2-xalqaro talabalar olimpiadasida 3 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin magistratura bosqichiga tavsiya etildi.
Muhandislik fizikasi instituting 6 nafar iqtidorli talabalari Turkmaniston Respublikasi tomonidan tashkil etilgan IV Ochiq Nazariy Mexanika Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishitirok etishib, Turkmaniston ta'lim vazirligining maxsus sertifikatini qo'lga kiritishdi.
2025-yilning may oyida Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash Ulug'bek jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etgan Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti 4-bosqich talabasi Rahmonov Shaxzod Saxobiddin o'g'li hamda Biokimyo instituti 2-bosqich talabasi Mirzayeva Nigora Rustamovnalar g'oliblikni qo'lga kiritdi.
2025-yilning iyun oyida o‘tkazilgan kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi Biokimyo instituti talabasi Munisa Rajabova 2-o’rinni qo’lga kiritib, magistratura bosqichiga yo‘llanma olishga muvaffaqt bo‘ldi.
Universitetda 58 ta ilmiy va 12 ta maxsus fan to‘garaklari faoliyat yuritib, ularga 2000 dan ortiq iqtidorli yoshlar jalb qilingan.
Stipendiya tanlovlari natijalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Ulug‘bek, Bobur va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari tanlovida universitet talabalari yuqori natijalarga erishdi:
- 1 nafar talaba – Prezident davlat stipendiyasi,
- 3 nafar – Navoiy nomli davlat stipendiyasi,
- 1 nafar – Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi,
- 1 nafar – Bobur nomli davlat stipendiyasi,
- 1 nafar – Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi,
- 2 nafar - Akademik Qori Niyoziy nomidagi stipendiya,
- 1 nafar - Akademik Botirxon Valixo‘jayev nomidagi universitet stipendiyasi,
- 1 nafar – Akademik Vohid Abdullayev nomidagi universitet stipendiyasi,
- 1 nafar – Akademik Akbar Otaxo’jayev nomidagi universitet stipendiyasi,
- 2 nafar – Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi universitet stipendiyasi sohibi bo‘ldi
2025-yil iyul oyida o‘tkazilgan SIMO-2025 xalqaro matematika olimpiadasida universitet talabalari 1 bronza qo‘lga kiritdi.

