Universitet qo‘llab-quvvatlash markazi
Shikoyatlar bo‘yicha ma’lumot
Universitetda ta’lim oluvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarning murojaatlarini adolatli, shaffof va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish muhim hisoblanadi. Agar talaba yoki murojaatchi universitet faoliyati bilan bog‘liq muammo, nohaq munosabat yoki nizoli holatga duch kelsa, avvalo masalani tegishli professor-o‘qituvchi, xodim yoki bo‘lim bilan bevosita hal etishga harakat qilishi tavsiya etiladi.
Agar masala dastlabki bosqichda hal etilmasa, murojaatchi universitetning belgilangan tartibiga muvofiq rasmiy shikoyat kiritishi mumkin. Rasmiy shikoyatlar vakolatli mansabdor shaxslar yoki mas’ul bo‘linmalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Kelib tushgan shikoyatlar bo‘yicha hisob yuritiladi. Bunda murojaat kelib tushgan sana, murojaatchi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, murojaat mazmuni, ko‘rilgan choralar va yakuniy natija qayd etiladi. Ushbu ma’lumotlar murojaatlarni tizimli tahlil qilish, takrorlanuvchi muammolarni aniqlash va universitet faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonining asosiy maqsadi masalani adolatli, xolis va imkon qadar tezkor hal etishdan iborat. Zarur hollarda murojaat natijalari asosida universitet ichki tartib-qoidalari va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatlari
- Kimga murojaat qilishingiz kerakligini aniqlang
- Muammo turiga qarab tegishli bo‘limni tanlang
- Agar murojaat yo‘nalishini aniqlashda qiyinchilik bo‘lsa, Markaziy qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling
MUROJAATLAR BILAN ISHLASH :
Markaziy qo‘llab-quvvatlash markazi universitetda murojaatlarni qabul qilish, tahlil qilish va tegishli bo‘limlarga yo‘naltirish bo‘yicha asosiy muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi.
Mazkur markaz talabalar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va boshqa manfaatdor tomonlarning murojaatlarini tizimli ravishda ko‘rib chiqishni ta’minlaydi.
Asosiy vazifalari:
- murojaatlarni qabul qilish va dastlabki tahlil qilish
- murojaat mazmuniga qarab tegishli bo‘lim yoki mas’ul shaxsga yo‘naltirish
- murakkab yoki ko‘p tomonlama masalalar bo‘yicha komissiya tuzish
- murojaatlarning ko‘rib chiqilish jarayonini monitoring qilish
- nizoli yoki tizimli muammolarni aniqlash va tahlil qilish
- zarur hollarda masalani universitet rahbariyatiga, jumladan rektorga kiritish
Qanday holatlarda murojaat qilinadi:
- qaysi bo‘limga murojaat qilish aniq bo‘lmaganda
- murojaat bir nechta bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa
- murojaat ilgari berilgan bo‘lsa-yu, lekin hal etilmagan bo‘lsa
- murojaat yuzasidan xolis ko‘rib chiqish talab etilganda
- tizimli muammo yoki takrorlanuvchi holatlar mavjud bo‘lsa
- maxfiy yoki nozik masalalar yuzaga kelganda
Vakolatlari:
- murojaatni tegishli bo‘limga majburiy tartibda yuborish
- xizmat tekshiruvini tashkil etish
- vaqtinchalik ishchi guruh yoki komissiya tuzish
- mas’ul bo‘limlardan tushuntirish va hisobot talab qilish
- zarur hollarda murojaatni yuqori boshqaruv darajasiga olib chiqish
Aloqa ma’lumotlari:
- Manzil: 1-bino, 1-qavat 104-xona.
- Telefon: + 998 66 240 38 40
- Email: support@samdu.uz
- Mas’ul: Absalamov Sharif Qobulovich
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
Muhim izoh:
- Agar murojaat yo‘nalishi aniq bo‘lsa, tegishli bo‘limga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish tavsiya etiladi.
- Markaziy qo‘llab-quvvatlash markazi esa asosan murakkab, noaniq yoki tizimli masalalarni muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
QO‘LLAB-QUVVATLASH XIZMATLARI
Qo‘llab-quvvatlash xizmatlari universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlariga ta’lim, texnik, ijtimoiy va shaxsiy masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘limlar majmuasidan iborat.
Mazkur xizmatlar foydalanuvchilarning o‘qish, ish faoliyati va kundalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni tezkor va samarali hal etishni ta’minlaydi hamda ularni tegishli mutaxassislar bilan bevosita bog‘laydi.
Ruhiy salomatlik va psixologik yordam
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Stress, depressiya, xavotir
- O‘qish bosimi
- Shaxsiy muammolar
- Uyqusizlik
- Motivatsiya yo‘qligi
- O‘ziga zarar yetkazish fikrlari
- Psixologik qo‘llab-quvvatlash zarurati
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Isomova Dilora Qaxramonovna
- Lavozim: Universiteti psixologi
- Manzil: 2-son Axborot resurs markazi, 2-qavat, 2.4-xona
- Telefon: +998 91 559 91 93
- Email: psychologist@samdu.uz
HEMIS (Ta’limni boshqarish tizimi) bo’yicha murojaatlar
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Tizimga kira olmaslik
- Baholar noto‘g‘ri chiqishi
- Fanlar ro‘yxati xato
- Login/parol muammo
- Akademik yozuvlar noto‘g‘ri
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Abdujabborov Sobir Bahronovich
- Lavozim: “Registrator ofisi” bo‘lim boshlig‘i
- Manzil: Ma’ruzalar binosi, 1-qavat, 101-xona
- Telefon: +998 66 239 13 28
- Email: registrator@samdu.uz
O‘quv ishlari bo‘yicha muammolar
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Baholashdan norozilik
- Fan muammolari
- Imtihon masalalari
- Akademik qarorlar
- Dars jarayonidagi muammolar
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Muranov Shahriddin Abdullayevich
- Lavozim: Birinchi o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
- Manzil: 2-bino, 2-qavat, 208-xona
- Telefon: +99897 394 85 44
- Email: academic@samdu.uz
Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘llab quvvatlash
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Internet ishlamasligi
- Platforma xatoliklari
- Kompyuter muammolari
- Tizimga kirish muammolari
- Tizim ishlamasligi
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Istamov Ismoilzoda Uktamovich
- Lavozim: Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
- Manzil: Ma’ruzalar binosi, 2-qavat, 201-xona
- Telefon: +998 99 312 81 87
- Email: digital@samdu.uz
Moliyaviy masalalar
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Kontrakt muammolari
- To‘lov xatolari
- Stipendiya kechikishi
- Moliyaviy yordam zarurati
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Badalboyeva Aziza Narimonovna
- Lavozim: Bosh buxgalter
- Manzil: 2-bino, 1-qavat, 107-xona
- Telefon: +998 90 742 45 52
- Email: accountant@samdu.uz
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Turar joy muammolari
- Ijtimoiy yordam
- Ovqatlanish masalalari
- Ijtimoiy qiyinchiliklar
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Norboev Allayor Ismoilovich
- Lavozim: Universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi
- Manzil: 1-sonli Talabalar turar joyi, 114-xona
- Telefon: +998 93 752 05 90
- Email: youth_union@samdu.uz
XAVFSIZLIK VA ETIKA
Xavfsizlik va etika bo‘limi universitetda xavfsiz, adolatli va hurmatga asoslangan muhitni ta’minlashga qaratilgan bo‘linmalar majmuasidan iborat.
Mazkur bo‘lim shaxsga nisbatan har qanday nomaqbul xatti-harakatlar, zo‘ravonlik, diskriminatsiya, korrupsion holatlar hamda ish va o‘qish muhitidagi nizolarni ko‘rib chiqish va tegishli choralar ko‘rishni ta’minlaydi.
Jinsiy zo‘ravonlik va diskriminatsiya
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Harassment
- Nojo‘ya xatti-harakatlar
- Gender diskriminatsiya
- Milliy/diniy diskriminatsiya
- Stalking
- Zo‘ravonlik
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Xoliqulova Pokiza Xurshid qizi
- Lavozim: Inspektor
- Manzil: 7-son TTJ, 1-etaj, 108-xona
- Telefon: +99888 931 21 25
- Email: ethics@samdu.uz
Ish joyidagi nizolar
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Konflikt
- Mobbing
- Rahbar bosimi
- Adolatsiz munosabat
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Mahmatmurodov Shavkat
- Lavozim: Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
- Manzil: 1-son xorijiy o’qituvcilar va talabalar turar joyi, 1-qavat, 117-xona
- Telefon: +998 95 100 99 53
- Email: labor@samdu.uz
Korrupsion holatlar
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Pora talab qilish
- Xizmat evaziga pul so‘rash
- Mansabdan foydalanish
- Noqonuniy qaror
- Moliyaviy shaffoflik buzilishi
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Murodov Ilhomjon Murodovich
- Lavozim: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi rahbari
- Manzil: 1-bino, 1-qavat, 101-xona
- Telefon: 971145504
- Email: anticorruption@samdu.uz
Anonim murojaat
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Harassment
- Nojo‘ya xatti-harakatlar
- Gender diskriminatsiya
- Milliy/diniy diskriminatsiya
- Stalking
- Zo‘ravonlik
Aloqa ma’lumotlari:
Favqulodda vaziyatlar
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Jismoniy xavf
- Zo‘ravonlik
- Hayot uchun xavfli holat
- Favqulodda vaziyat
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Murodullayev Shaxboz Shuxrat o‘g‘li
- Lavozim: Inspektor
- Manzil: 7-son TTJ, 1-etaj, 108-xona
- Telefon: +998 91 297 67 77
- Email: ethics@samdu.uz
XORIJIY TALABALAR VA XODIMLAR
Xorijiy talabalar va xodimlar bo‘limi universitetda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan xorijiy fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning moslashuvi, huquqiy holati va kundalik faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirishga qaratilgan xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur bo‘lim xorijiy talabalar va mutaxassislar uchun qulay ta’lim va ish muhitini yaratish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda zarur hollarda tegishli davlat organlari va universitet bo‘linmalari bilan hamkorlikni ta’minlaydi.
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Viza masalalari
- Moslashuv
- Huquqiy yordam
- Diskriminatsiya
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Oblokulov Dilshod Tojievich
- Lavozim: Xalqaro aloqalar va strategik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i
- Manzil: 1-bino, 2-qavat, 203-xona
- Telefon: +998 66 239 10 79
- Email: irossu@samdu.uz
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR
Professor-o‘qituvchilar bo‘limi universitetda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy faoliyati, mehnat munosabatlari hamda talabalar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli bo‘linmalar bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Mazkur bo‘lim professor-o‘qituvchilarning ish faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni tizimli ravishda hal etish, ularning huquqlarini himoya qilish va zarur hollarda tegishli xizmatlarga yo‘naltirishni ta’minlaydi.
Talabalar bilan bog‘liq holatlar uchun:
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Talabaning o‘qishdagi sustligi yoki akademik muammolari
- Talabaning intizomiy holati bilan bog‘liq muammolar
- Talaba tomonidan tartib buzilishi yoki nomaqbul xatti-harakatlar
- Talabaning ruhiy holati bo‘yicha xavotir mavjud bo‘lsa
- Talabaga qo‘shimcha yordam yoki yo‘naltirish zarur bo‘lsa
- Talaba bilan bog‘liq nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Abdujabborov Sobir Bahronovich
- Manzil: Ma’ruzala binosi, 1-qavat, 101-xona
- Telefon: +998 66 239 13 28
- Email: registrator@samdu.uz
Ish faoliyati bilan bog‘liq:
Xodimlar bo‘limi:
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Mehnat shartnomasi, ish yuklamasi yoki lavozimga oid masalalar
- Ish haqi, mukofot yoki to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar
- Ta’til, ish vaqti yoki xizmat safarlari bilan bog‘liq masalalar
- Mehnat huquqlarining buzilishi holatlari
- Ish jarayonida adolatsiz qarorlar yoki munosabatlar mavjud bo‘lsa
- Rasmiy hujjatlar va kadrlar bilan bog‘liq masalalar
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Buriev Ilyos Botirovich
- Manzil: 2-bino, 1-qavat, 106-xona
- Telefon: +998 66 239 16 51
- Email: human_resources@samdu.uz
Kasaba uyushmasi:
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar
- Xodim huquqlari buzilgan holatlar
- Ish joyidagi nizolar va kelishmovchiliklar
- Moddiy yordam yoki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarurati
- Sog‘liqni saqlash va dam olish bilan bog‘liq masalalar
- Xodim manfaatlarini himoya qilish talab etilganda
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Mahmatmurodov Shavkat
- Lavozim: Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
- Manzil: 1-son xorijiy o’qituvcilar va talabalar turar joyi, 1-qavat, 117-xona
- Telefon: +998 95 100 99 53
- Email: labor@samdu.uz
BO‘LIMLAR XODIMLARI
Bo‘limlar xodimlari bo‘limi universitetda faoliyat yuritayotgan ma’muriy, texnik va yordamchi xodimlarning ish faoliyati, mehnat munosabatlari hamda ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli bo‘linmalar bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Mazkur bo‘lim xodimlarning kundalik ish faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni tizimli ravishda hal etish, ularning huquqlarini himoya qilish va zarur hollarda tegishli xizmatlarga yo‘naltirishni ta’minlaydi.
Xodimlar bo‘limi:
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Mehnat shartnomasi, ish yuklamasi yoki lavozimga oid masalalar
- Ish haqi, mukofot yoki to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar
- Ta’til, ish vaqti yoki xizmat safarlari bilan bog‘liq masalalar
- Mehnat huquqlarining buzilishi holatlari
- Ish jarayonida adolatsiz qarorlar yoki munosabatlar mavjud bo‘lsa
- Rasmiy hujjatlar va kadrlar bilan bog‘liq masalalar
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Buriev Ilyos Botirovich
- Manzil: 2-bino, 1-qavat, 106-xona
- Telefon: +998 66 239 16 51
- Email: human_resources@samdu.uz
Kasaba uyushmasi:
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar
- Xodim huquqlari buzilgan holatlar
- Ish joyidagi nizolar va kelishmovchiliklar
- Moddiy yordam yoki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarurati
- Sog‘liqni saqlash va dam olish bilan bog‘liq masalalar
- Xodim manfaatlarini himoya qilish talab etilganda
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Mahmatmurodov Shavkat
- Lavozim: Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
- Manzil: 1-son xorijiy o’qituvcilar va talabalar turar joyi, 1-qavat, 117-xona
- Telefon: +998 95 100 99 53
- Email: labor@samdu.uz
OTA-ONALAR
Ota-onalar bo‘limi talabalarning o‘qish jarayoni, intizomi va ijtimoiy holati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ota-onalar (yoki qonuniy vakillar) murojaatlarini qabul qilish va tegishli bo‘linmalar bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Mazkur bo‘lim ota-onalarga farzandining ta’lim jarayoni bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish, yuzaga kelgan muammolarni hal etish hamda tegishli mutaxassislar bilan bog‘lanish imkonini yaratadi.
Quyidagi holatlarda murojaat qilinadi:
- talabaning o‘qish natijalari yoki davomatiga oid savollar mavjud bo‘lsa
- talabaning intizomi yoki xulq-atvori bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa
- talabaning ruhiy holati yoki ijtimoiy muhitiga oid xavotir mavjud bo‘lsa
- talabaga qo‘shimcha yordam yoki qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lsa
- ota-ona universitet tizimi yoki tartiblari bo‘yicha ma’lumot olishni istasa
Aloqa ma’lumotlari:
- Mas’ul: Eshmamatov Elshod Dilshodovich
- Lavozim: Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis
- Telefon: +998 97 398 60 27
- Manzil: 2-son Axborot resurs markazi, 1-qavat, 1.5-xona
- Email: tutor@samdu.uz
TAVSIYALAR
Agar murojaat aniq bo‘lsa:
tegishli bo‘limga murojaat qiling
Agar qaysi bo’limga murojaat qilishni bilmasangiz:
markaziy bo‘limga murojaat qiling
Maxfiy holatlarda:
anonim holda murojaat qiling

