Axborot-resurs markazi direktori
Muxamadiyeva Oliya Urunovna
- Qabul vaqti: dushanba-juma(8:00-16:00), shanba (8:00-14:00)
- Telefon: +99866 239-11-51
- Elektron pochta:
Biografiya
1959 yil 9 mayda Samarqand shahrida tavallud topgan.
1976 yilda Samarqand shahridagi 45 oʻrta maktabni tamomlagan.
1981-1987 yillar Samarqand Davlat universitetining rus filolodiya fakultetini bitirgan.
1981 yilda Samarqand Davlat universitetining fundamental kutubxonaga kutubxonachi lavozimiga ishga kirgan.
2013-2021 yy. Samarqand Davlat universitetining Ilmiy axborot-resusrs markazi direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2021 yil avgust oyidan boshlab Samarqand Davlat universitetining Ilmiy axborot-resusrs markazi direktori lavozimida ishlaydi.
Samarqand davlat universitetining fundamental kutubxonasi 1927 yilda tashkil topgan. 2006 yildsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig 20 iyunidagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risidagi PQ-381 soni qarori asosida Samarqand davlat universitetining Ilmiy axborot – resurrs markazi (IARM) tashkil etildi. Bunda markaz tizimi va uning faoliyati tubdan o’zgardi.
Hozirgi kunda IARMda 5 ta bo’limlar mavjud:
• Ilmiy uslubiy va axborot ma’limot (davriy nashrlar) bo’limi;
• Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi;
• Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi (abonentlarga xizmat ko’rsatish, o’quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda);
• Elektron axborot –resurslar bo’limi;
• Xorijiy axborot resurslari bilan ishlash bo’limi.
SamDU IARM qoshida 2 ta filial mavjud: IARM -1 (Fizika fakultetidagi kutubxona), IARM -2 (Kasbiy ta’lim fakultetidagi kutubxona).
Ilmiy axborot-resurs markazining umumiy fondi 2698392 musxani tashkil etadi. Shundan, ilmiy - 905215 nusxa, darslik – 435397 nusxa, o’quv qo’llanma – 624435 nusxa, badiiy – 127747 nusxa, chet el adabiyotlari – 92431 nusxa va boshqa adabiyotlar – 207437 nusxani tashkil etadi.
IARM va uning filiallarida 16079 nafar foydalanuchi mavjud. Shundan , 14307 nafari talabalar, 956 nafari professor-o’qituvchilar va boshqa foydalanuvchilar 816 tani tashkil etadi.
IARM va uning filiallarida hammmasi bo’lib 6 ta o’quv zallari mavjud va unda 466 ta ish o’rinlari tashkil qilingan. IARMning Markaziy o’quv zali va talabalar turar joyi qoshida mavjud bo’lgan 2 tra o’quv zallar 2-smenada ya’ni soat 8:00 dsan 20:00 gacha faoliyat ko’rsatadi.