Virtual tur
Universitet tarixi


Samarqand davlat universitetining tarixi Mirzo Ulug‘bek madrasasining tashkil qilinishi, ya’ni 1420-yilning 21-sentyabridan boshlanadi. Madrasada ilk bor Mavlono Muhammad Xavofiy 100 dan ortiq tinglovchilar oldida Klavdiy Ptolomey nazariyasi bo‘yicha ilmiy ma’ruza qilgan
O‘sha kundan e’tiboran Mirzo Ulug‘bek madrasasida talabalar diniy bilimlar bilan bir qatorda algebra (al-jabr), geometriya (handasa), huquq (fiqh) va boshqa fundamental fanlardan saboq ola boshladilar. Madrasadagi ta’lim jarayoni Ashtarxoniy Abulfayzxon davri, ya’ni XVIII asrning 1-yarmidagi bir necha o‘n yillarni qamrab olgan muddatni e’tiborga olmaganda uzluksiz ravishda XX asrning 20 yillariga qadar davom etdi. O‘tgan vaqt davomida ushbu madrasa o‘z davrining eng ilg‘or, obro‘li ta’lim dargohi – madrasai oliya sifatidagi nufuzini yo‘qotmadi. Madrasa sovetlar davrida ham pedagogik kadrlar tayyorlash sohasidagi faoliyatini davom ettirdi.
davomini o'qish
Universitet haqida


Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonda, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashhur qadimiy oliy ta’lim muassasasidir. SamDU ning rasman tashkil topishi 1927-yil bilan belgilansada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi Mirzo Ulug’bek madrasasi bilan bog’liq. Ya’ni 600 yildan ziyod tarixga ega.
Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk avlodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirgan va jahon tamadduni tamal toshlari qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz.
davomini o'qish
Talabalar hayotidan








Ta'lim yo'nalishlari
Nomi | Ko'rish | Yuklab olish |
---|---|---|
Umumiy | Ko'rish | Yuklab olish |
SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti | Ko'rish | Yuklab olish |
SamDU Muhandislik fizikasi instituti | Ko'rish | Yuklab olish |
SamDU Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti | Ko'rish | Yuklab olish |
SamDU Biokimyo instituti | Ko'rish | Yuklab olish |
Matematika fakulteti | Ko'rish | Yuklab olish |
Geografiya va ekologiya fakulteti | Ko'rish | Yuklab olish |
Tarix fakulteti | Ko'rish | Yuklab olish |
Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti | Ko'rish | Yuklab olish |
Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti | Ko'rish | Yuklab olish |
Yuridik fakulteti | Ko'rish | Yuklab olish |
Filologiya fakulteti | Ko'rish | Yuklab olish |
Qo'shma ta'lim | Ko'rish | Yuklab olish |