Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Bo’lim boshlig’i

  •  Qabul vaqti: Chorshanba, Juma (14:00 - 15:00)
  •  Telefon: +99866-239-12-65
  •  Elektron pochta: market@samdu.uz

Biografiya

1983-yilda   Samarqand viloyati Samarqand tumani Ko‘l mahallasida tug‘ilgan
2001 - 2003-yy. -    Samarqand shahar “Rassom” firmasi operatori
2004 - 2006-yy. -    Samarqand davlat universiteti rektorati stenografisti
2006 - 2011-yy. -    Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmasi dispetcheri
2011 - 2017-yy. -    Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmasi uslubchisi
2017 - 2018-yy. -    Samarqand davlat universiteti marketing bo‘limi boshlig‘i
2018 - 2022-yy.-   Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
2022 yil - h.v.  Samarqand davlat universiteti marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi vazifalari

    Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassislarni ochish, shuningdek ta’lim bozori talablariga javob bermaydiganlarni to‘xtatish bo‘yicha tayyorlangan takliflarni tahlil qilish va vazirlikning tegishli bo‘limlariga taqdim etish.

    Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalar)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish. 

    Universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlashgan) ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.

    Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajaralishi (davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslari, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha (mutaxassisliklar) bo‘yicha taqsimlanishi, o‘qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish. 

    Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida universitetning tegishli bo‘linmalari (turli-ilmiy uslubiy kengashlar, ilmiy, o‘quv-uslubiy boshqarma, fakultetlar, kafedralar h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

    Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kontraktlarni rasmiylashtirish.

    Xalqaro marketing bo‘yicha ishlarni olib borish hamda mahalliy va xorijiy jamg‘armalar, dasturlardan foydalanish, loyihalar tayyorlashda ishtirok etish.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006 o‘quv-yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul tog‘risida”gi 2005 yil 2 iyun PQ-92-sonli qaroridagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granlari asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi  vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va nazorat qilish.

    Universitetda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning extiyojini fakultetlar, kafedralar va ma’muryat bilan o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish.

    Mehnat bozori konyukturasini o‘rganish, qabul ko‘rsatkichlariga taklifni, istemolchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, talabalar kontengenti, bitiruvchilarning ishga joylashtirish to‘g‘risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o‘z vaqtida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish (rahbaryat bilan kelishgan holda).

    Davlat granti asosida qabul qilingan bakalavr va magistrlar bilan o‘qishni bitirgandan so‘ng ta’lim muassasalarida yoki korxonalarda kamida uch yil ishlab berish haqida shartnoma tuzish (bir oy ichida) bitiruvchilarni xohish istagini inobatga olgan holda.

    Davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislarni respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida samarali foydalanish uchun ularni o‘z vaqtida ish bilan taminlashga ko‘maklashish (rahbaryat bilan).

    Ishga yo‘llangan talabalarning mehnat sharoitlari va shartnoma talablarini bajarilishi yuzasidan arizalarni prorektorlar yordamida ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish.

    Bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o‘tkazishni tashkil yetish (rahbaryat yordamida).

    O‘tgan o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlash.

    Davlat granti asosida qabul qilingan talabani o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyda kamida uch yil majburiy ishlab berishi to‘g‘risida namunaviy shartnoma namunasini tarqatish.

    Amaliyot uchun zarur hujjatlar, o‘quv-metodik ko‘rsatmalarning bo‘lishligini ta’minlashnishi, zarur hollarda texnika havsizligi bo‘yicha mashg‘ulot va instruktajlar o‘tkazganligini nazorat qilib boriladi.

    Malakaviy, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlarning borishini nazorat qilish hamda tahlildan o‘tkazish.

    Talabalar amaliyoti grafigini bajarilishini nazorat qilish. Talabalar amaliyotlarini tashkil qilish va o‘tkazish sifati ustidan nazorat o‘rnatish.

    Fakultetlar tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha har bir bitiruvchining malakaviy sifatlari to‘g‘risida tavsifnoma umumlashtirishni nazorat qilish.

    O‘quv yili oxirida amaliyotlar yakuni bo‘yicha dekanlar, kafedra mudirlari va amaliyot mas’ullari hisobotlarini tahlil qilish va umumlashtirish.