Akademik litsey bitiruvchilari qabuli
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIGA AKADEMIK LITSEY BITIRUVCHILARINI O‘QISHGA QABUL QILISHDA SUHBAT O‘TKAZISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI
Yakka tartibdagi suhbat har yili 10–25-iyul kunlari oralig‘ida suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida mavjud ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Suhbat tili abituriyent tomonidan tanlanadi va arizasida ko‘rsatiladi.
Abituriyentlar suhbatga navbat asosida kiritiladi. Suhbatga abituriyent biometrik pasport yoki ID-karta bilan tashrif buyuradi.
Abituriyentning suhbatga uyali telefon, boshqa aloqa vositalari, lug‘at, kitob, shpargalka olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki boshqa abituriyentga yordam berishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 30 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizim asosida baholanadi.
Baholash mezonlari
| T/r | Yakka suhbat mezonlari | Maksimal ball |
|---|---|---|
| 1 | Akademik litsey dasturlari doirasida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha fanlardan bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi | 25 ball |
| 2 | Tanlagan mutaxassislik bo‘yicha motivatsiyasi (kasb mohiyatini, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini tushunishi hamda unga qiziqishi) | 25 ball |
| 3 | Nutq madaniyatining shakllanganligi, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi | 25 ball |
| 4 | Umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi hamda ijodkorlik qobiliyati | 25 ball |
| JAMI | 100 ball | |
Suhbat natijalari yakunlangandan so‘ng bir ish kuni ichida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.
Abituriyentlar quyidagi hollarda o‘qishga qabul qilinmaydi:
- Jadval bo‘yicha suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);
- Suhbatda maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball to‘planganda.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bakalavriatiga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
| № | Shifr | Ta’lim yo‘nalishining nomi | Qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘rinlar soni |
|---|---|---|---|
| 1 | 60420100 | Yurisprudensiya | 20 |

