Grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash
Ariza yuborish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizom” talablari asosida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga 2024/2025-2025/2026-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan talabalar bazaviy garant o'rinlari sonidan kelib chiqqan holda 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tillari kesimida toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim granti o‘rinlari taqsimoti tasdiqlandi.
Eslatma!
ta’lim grantining bazaviy soni – oliy ta’lim tashkilotining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (magistratura mutaxassisligiga) kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra davlat granti asosida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soniga teng grant o‘rni;
ta’lim grantiga talabgor – oliy ta’lim tashkilotining ta’lim granti ajratilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi kurslarda tahsil olayotgan, ta’lim grantini qayta taqsimlashda ishtirok etish istagini bildirgan talaba;
to‘liq ta’lim granti – bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti;
to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti – bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti;
Quyida berilgan ma'lumotlar qayta tahrirlandi, bunga e'tibor bering.

