Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Ruzmanova Roxila Usmanovna

  • Qabul kunlari: har kuni 15:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon raqami: +998915276822
  • Elektron pochta: turkologiya@samdu.uz 
     

Biografiyasi:

  • 1982-yil 28-avgust Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan.
  • 2000-2004 yillar – O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
  • 2004-2006 yillar – O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti
  • 2006-2009 yillar – Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti aspiranti
  • 2012-2022 yillar – Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi, katta o’qituvchisi va dotsent vazifasini bajaruvchi
  • 2022 – yildan hozirgi kungacha Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori vazifasini bajaruvchi
     

    Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti haqida

    Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 8-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoniga binoan, Samarqand davlat universitetiga «Flagman universitet» maqomi berildi. Ushbu maqom mazkur oliy o‘quv yurtini tadqiqot universitetiga aylantirish, uning tarkibida mamlakat iqtisodiyoti, ichki va tashqi siyosati, uning global va mintaqaviy manfaatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarini tashkil etish vazifasini qo‘ymoqda.

    Samarqand davlat universiteti ma’muriyati tashabbusi va Turkiya Jumhuriyatining Toshkentdagi elchixonasi tavsiyasiga binoan, Turkiya Respublikasi Istanbul va Marmara universitetlari qoshidagi Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda Samarqand davlat universiteti huzurida Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishga qaror qilindi. Samarqand davlat universitet rektorining 2022-yil 19-maydagi 175-ij buyrug‘i asosida Samarqand davlat universiteti huzurida Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

    Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutida, 2022-2025-yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, O‘zbekiston Respublikasining Turkiy Davlatlar Tashkilotiga kiruvchi mamlakatlar bilan ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ilmiy aloqalarini, turkiy sivilizatsiyaning mushtarak ijtimoiy-tarixiy, madaniy, adabiy, lisoniy, etnik xususiyatlarini, Markaziy Osiyo turkiy sivilizatsiyasi bilan Onado‘li, Kavkaz, Volgabo‘yi, Sibir, Uzoq Sharq va Uzoq Shimoldagi turkiy tamaddunlarning o‘zaro aloqalarini va hamkorlik yo‘l-yo‘riqlarini tadqiq etish, yo‘qolib borayotgan turkiy til va lahjalarni tekshirish va asrashga doir ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ham ko‘zda tutilgan.

    Hozirgi kunda institut qoshida “Turk tili markazi” tashkil qilingan bo‘lib, turk tilini o‘rganishni xohlovchilar uchun shartnoma asosida tayyorlov kurslari o‘z faoliyatini boshlagan. Markaz turk tili bo‘yicha A1, A2, B1, B2, C1, C2 darajali xorijiy til sertifikatlarini olish istagida bo‘lgan tinglovchilarni tayyorlov kurslariga qabul qilmoqda.

    Institutning maqsad va vazifalari

    - Turkiy tillar, adabiyotlar va madaniyatlar bo‘yicha bakalavr, magistr va bazaviy doktorantura (PhD) darajasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash;

    - Turkiy tillar va shevalar, Markaziy Osiyo turkiy tillari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, lisoniy va adabiy aloqalar tarixini tadqiq etish, qardosh xalqlar tillaridan qilinadigan tarjima asarlarning sifati va miqdorini oshirish hamda qiyosiy tahlillar taqdim etish;

    - Turkiy davlatlar va jamoalarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va tarixiy tuzilishini o‘rganish;

    - Mamlakatimizda hamda Turkiy Davlatlarda Turk dunyosi haqida tadqiqot olib borayotganlar o‘rtasida akademik tarmoq tashkil etish va ilmiy faoliyat olib borish;

    - Turk davlatlari va jamiyatlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish, kataloglar tayyorlash va shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot maktabi hamda kutubxona tashkil etish;

    - Turk dunyosi olimlari o‘rtasida xalqaro ilmiy va amaliy anjumanlarni tashkil etish;

    - Turk dunyosining ko‘p asrlik urf-odatlari, an’analari va madaniy qadriyatlarini ochib berish, ularni turli nashrlar va tadbirlar orqali ilm-fan olami va jamoatchilikka yetkazish orqali targ‘ib qilish, tarqatish va avloddan-avlodga yetkazish;

    - Institut faoliyatiga kiradigan va zarur bo‘lgan sohalarda davlat va xususiy sektordagi muassasa va tashkilotlarga tadqiqot, ekspertiza, maslahat berish;

    - Turk Dunyosining madaniy va tarixiy merosga oid ilmiy sayohatlar va uchrashuvlar tashkil etish, ko‘rgazmalar ochish.