Maktabgacha ta’lim fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi “Musavvir” to‘garagi faoliyati haqida
Maktabgacha ta’lim fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasining “Musavvir” to‘garagi rahbari Jamoliddin Rahmatov. To‘garakda talabalar tasviriy va amaliy san’atning: natyurmort, portret, manzara, maishiy janr, dengiznavislik janrida amaliy, tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanadilar, Shuningdek amaliy san’atning miniatyura, naqqoshlik turlari bilan ham shug‘ullanadilar. To‘garak a’zolari viloyat, respublika, xalqaro tasviriy san’at ko‘rgazmalarida o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Maktabgacha ta’lim fakulteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi qoshidagi dutor to‘garagi faoliyati haqida
“Musiqa ta’limi” kafedrasida tashkil etilgan dutor ijrochiligi to‘garagi katta o‘qituvchi Rahmatov Ahmad rahbarligida faoliyat ko‘rsatmoqda. To‘garak mashg‘ulotlari talabalarning bo‘sh vaqtlarida jadval asosida o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu to‘garak ishtirokchilaridan iborat dutorchi qizlar ansambli tuzilgan bo‘lib, uning repertuaridan o‘zbek xalq qo‘shiq va laparlari hamda bastakorlarning eng sara kuy-qo‘shiqlari joy olgan.
Dutorchilar ansambli viloyatimiz hamda universitetda o‘tkazilayotgan turli madaniy-ommaviy tadbirlarda o‘z konsert dasturlari bilan faol ishtirok etib kelishmoqda.
Talabalarning darsdan tashkari bo‘sh vaktlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlari hamda yetuk, malakali, raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlarida ushbu to‘garak samarali xizmat qilib kelmoqda.
Maktabgacha ta’lim fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi “Amaliy san’at” to’garagi faoliyati haqida
Maktabgacha ta’lim fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasining “Amaliy san’at” to’garagiga Istamov Zavqiddin rahbarlik qilib kelmoqda. To’garakda iqtidorli talabalar amaliy san’at turlaridan naqqoshlikning sir asrorlaridan boxabar etiladilar. Shuningdek amaliy san’atning miniatyura turlari bilan ham shug’ullanadilar. “Amaliy san’at” to’garagi talabalarimizga o’zbek xalq amaliy san’ati namunalarining naqadar beqiyosligini, milliy urf-odatlarimizga hurmat, vatanni va ota-bobolarimizdan qolgan hunarni sevishga va ardoqlab, kelajak avlodga yetkazishga xizmat qiladi. To’garak a’zolari viloyat, respublika, xalqaro tasviriy va amaliy san’at ko’rgazmalarida o’zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritmoqdalar.
Maktabgacha ta’lim fakulteti “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishi qoshidagi “Vokal” to‘garagi faoliyati haqida
“Musiqa ta’limi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Vokal” to‘garagi “Guldasta” badiiy havaskorlik ansambli negizida tashkil etilgan. To‘garakka katta o‘qituvchi Mirshoxid Burxonovich Murodov rahbarlik qilib kelmoqda.
Mashg‘ulotlarda vokal san’atiga ishtiyoqmand yoshlar vokal ijrochiligi fani bo‘yicha o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish bilan birga o‘zbek xalq qo‘shiqlarini, o‘zbek va chet el kompozitorlarining zamonaviy mavzulardagi asarlarini yirik janrlardagi romans, ariyalarni o‘rganadilar. Eng yaxshi ijrolari bilan viloyat hamda universitetda o‘tadigan turli konsertlar, madaniy ommaviy tadbirlar va turli darajadagi ko‘rik-tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
To‘garak ishtirokchilaridan duet, trio, kvartet, kvintet ansambllari tashkil etilgan. To‘garak qatnashchilari “Guldasta” ansambli tarkibida har yili o‘tadigan Respublika miqyosidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ko‘rik-tanlovlarda muntazam qatnashib sovrinli o‘rinlarni egallashda o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Maktabgacha ta’lim fakulteti «Mehnat ta’limi» kafedrasida tashkil etilgan «Tikuvchilik» va «To‘quvchilik» to‘garagi faoliyati haqida
Maktabgacha ta’lim fakultetining «Mehnat ta’limi» kafedrasida «Tikuvchilik» va «To‘quvchilik» to‘garagi tashkil etilgan. Talabalarga bu kasblarni o‘rgatishda kafedra o‘qituvchilari Raxima Jiyanqulova va Maysara Rasulovalar to‘garakka rahbarlik qilib kelmoqdalar. Talaba-qizlar to‘garakda tikish, bichish, to‘qish, gilam to‘qish va har xil tikuv va to‘quv buyumlarini tayyorlashni o‘rganib kelmoqdalar.
Bu to‘garaklarda milliy hunarmandchilik turlaridan gilam to‘qish texnologiyalari, ilmoq bilan xar xil narsalar to‘qish, milliy kiyimlar tikish texnologiyalari bilan tanishadilar va buyumlar tikadilar.
Talaba-qizlar o‘zlarining mustaqil bajargan ishlari bilan har xil bayram, ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Kelajakda o‘rgangan kasblari orqali o‘zlarining tadbirkorlik ishlarini yuritishga ishtiyoq uyg‘otadi.
Talabalar bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda
Talabalar bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand davlat universitetida 2018 yil 14 may kuni universitetda faoliyat olib borayotgan 80 dan ortiq ilmiy, ijodiy to‘garak va klublar taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimotda “Dizayn”, “Musavvir”, “Amaliy san’at”, “Tikuvchilik”, “To‘quvchilik”, “Dutorchilar” kabi to‘garaklar a’zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar namoyish etildi.
Tadbirda “Xalqaro yoshlar forumi”da g‘olib bo‘lgan kasbiy talim fakulteti o‘qituvchisi Mullajonova Nigina “О, спорт, ты-мир” nomli plakatlar tanlovida 2 darajali diplom bilan hamda talabalar Qudratov Isomiddin, Turobova Farida, Ibragimova Nilufarlar “Ekran i rampa” nominatsiyasida 2 darajali diplom bilan taqdirlandi.