SamDU boshlang'ich Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi

Shavkat Mahmatmurodov 

Biografiya

  • 1969-1971 yy. - Harbiy xizmatda
  • 1971-1976 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 1976-1979 yy. - Urgut tumani 23-maktab o‘qituvchisi
  • 1979-1987 yy. - Samarkand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
  • 1987-1989 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich tarbiya uslubiyati kafedrasi mudiri
  • 1989-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti dekani
  • 2007-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi, universitet birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
  • 2017 - 2020 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti dekani
  • 2020 - 2021 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti
  • 2021 y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi.

Bo‘lim faoliyati haqida

Mamlakatimizda huquqiy islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotganligini so‘ngi yillarda normativ-huquqiy hujjatlarga inson va uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun mohiyatidan ham ko‘rishimiz mumkin. Zero, qonunlar jamiyat hayoti va demokratik taraqqiyot negizidir. Qonunlar, avvalo, jamiyat hayotining asosini yaratib, davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi va boshqa Qonun hujjatlariga tayangan holda O‘zbekistonning barcha hududida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Ish beruvchi uchun korxonada kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilishi va faoliyat yuritishining afzalliklari quyidagicha:

Korxonada xodimlarga berilayotgan turli imtiyoz va kafolatlar kasaba uyushmasi tashkiloti va ish beruvchi o‘rtasida imzolanadigan jamoa shartnomasi orqali tartibga solinadi;

Ish beruvchi korxonadagi kasaba uyushmasi tashkiloti orqali xodimlarning muammolarini aniqlab, ularni birgalikda bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

Kasaba uyushmasi tashkilotining yuridik xizmati xodimi korxonada mehnat sohasidagi qonun hujjatlariga aniq va og‘ishmay amal qilinishi, mehnat munosabatlariga oid qonun hujjatlarining samarali qo‘llanilishi hamda kadrlarga oid korxonada yuritilayotgan va qabul qilinayotgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi yuzasidan bepul huquqiy-amaliy yordamlar ko‘rsatadi;

Mehnat, xo‘jalik, oila va fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha qonun hujjatlariga tayangan holda bepul huquqiy maslahatlar, xulosalar, yo‘llanmalar beradi;

Ish joyida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasida kasaba uyushmasining mehnatni muhofaza qilish xizmati yaqindan yordam ko‘rsatadi;

Korxonadagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqchi kasaba uyushmalarida tashkil etiladigan o‘quvlarda o‘z malakasini oshirib boradi;

Kasaba uyushmalari tizimida tashkil etiladigan turli tanlov, aksiya va forumlarda faol qatnashish orqali O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan joriy etiladigan turli imtiyozlarga, sovrinlarga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi;

Korxonadagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi va mablag‘lari hisobiga bayramlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarining o‘tkazilishiga imkoniyat yaratadi va shu orqali jamoada doimiy sog‘lom muhit barqarorligini ta’minlashga erishadi;

Xodimlar va ularning oila a’zolarini respublikaning turli tarixiy shaharlariga imtiyozli ravishda sayohatga olib borish imkoniyati yaratiladi, bu esa o‘z o‘rnida xodimlarda ko‘tarinki kayfiyatni ta’minlaydi;

Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda va zaruratga qarab hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda kasaba uyushmasining bepul tashkiliy-huquqiy yordamidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;

Ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat munosabatlariga oid kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni sudga qadar bartaraf etish yoki uni oldini olishga erishadi;

Kasaba uyushmasi yuridik xizmati xodimlari yordamida korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida milliy va xalqaro mehnat standartlariga oid qonun hujjatlari, O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalar bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari tashkil etiladi;