Fakultet dekani 

Abriyev Ro’ziqul Bo’ronovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99866-239-17-72
  •  Elektron pochta: ruzikulabriev@gmail.com

Biografiya

  • 1995-1999 yy. - Samarqand davlat universiteti  talabasi;
  • 1999-2001yy.- Samarqand davlat universiteti  magistranti;
  • 2001-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi;
  • 2004-2015 yy. – Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti dekan o‘rinbosari;
  • 2015 – 2020 yy. - Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
  • 2020-2021 yy.-Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi dotsenti;
  • 2021-2025 yy.-Samarqand davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i;
  • 2025- yildan xozirgacha - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti dekani.

FAKULTET HAQIDA

 

Azaldan ilm-fan markazlaridan bo‘lgan qadimiy Samarqanda Mirzo Ulug‘bek madrasasi zaminda universitet tashkil etilishi respublikamiz madaniy-ijtimoiy hayotida muhim voqea, keskin burilish bo‘ldi. Tarix fakulteti dorilfunun tashkil topgan 1927-yildan buyon to‘ng‘ich fakultetlar qatorida kamol topib, ulg‘ayib, qizg‘in faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda fakultetda 870 nafar talaba, 60 ta magistrant va doktorant tahsil olmoqda. Ularga 58 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda. Ilmiy-pedagogik jamoadan 11 tasi fan doktori, professor, 31 tasi fan nomzodi, dotsent, PhD larni tashkil qiladi. Fakultetdagi ilmiy salohiyat 75% ni tashkil qiladi.

Fakultet hozirda Xitoy (Gongkong politeknika universiteti), Janubiy Koreya (Yeungnam), Yaponiya (Nagoya), Italiya (Bolonya), Buyuk Britaniya (Oksford), Rossiya (RGU), Germaniya (Gyottingen), Turkiya (Boyazid Yildirim universiteti), Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlar oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

Fakultet kafedralari qoshida quyidagi ijodiy to'garaklar faoliyat koʻrsatmoqda:"Moziydan sado"," Yosh arxeolog"," Jahonga nazar"," Tarixnavislik va manbashunoslik tadqiqot usullari"," Samarqand tarixi".               

Kafedralar:

1. O‘zbekiston tarixi

2.  Arxeologiya

3. Jahon tarixi

4. Tarixshunoslik va manbashunoslik 

5. Samarqand tamadduni tarixi 

   

BAKALAVRIAT YO'NALISHLARI :

60220300- Tarix ( mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yichа)

5110600- Tarix 60220400- Arxeologiya

MAGISTRATURA YO'NALISHLARI:

 70220301- "Tarix ( yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yichа)"

70220401- "Arxeologiya"

70220402- "Etnogenez ( o'zbek xalqining etnik tarixi)"

Tarix fakulteti