Samarqand davlat universiteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi mudiri
Ergashev Baxtiyar Ergashevich
Tarix fanlari doktori, professor. 1980-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yilda “Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yuritish hujjatshunosligi (tarixiy-manbaviy tahlil)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shuningdek, 2025-yilda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘lgan.
Ergashev Baxtiyar Ergashevich bugungi kunga qadar 200 ga yaqin ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 ta monografiya, 5 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 170 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 6 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan.
https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE
https://int-jecse.net/data-cms/dx.doi.org/10.9756/INTJECSE//v14i4.198
https://dx.doi.org/10.18415/ijmmu.v7110.2154
Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi a’zolari
Saidov Ilhomjon Muhiddinovich Tarix fanlari doktori, professor. 1975-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1992-yilda “Рабочий класс в аграрных преобразованиях Узбекистана (1929-1941)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Saidov Ilxomjon Muxiddinovich bugungi kunga qadar 300 ga yaqin ilmiy ishlar, shu jumladan, 12 monografiya, 12 o‘quv qo‘llanma, 12 o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 260 dan ortiq maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 2 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. https://oaji.net/articles/2023/7-1749926214.pdf https://journals.kozminski.edu.pl/en/journal/central-european-management-journal/issue/31/4 |
|
Radjabova Dilora Nazarovna Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1987-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2002-yilda “Turkiston jadidlarining qarashlarida yoshlar va xotin-qizlar masalalari (XIX asr oxiri – XX asr boshlarida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda “Средняя Азия в исследованиях российских востоковедов: имперские нарративы и научные парадигмы” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) himoyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Radjabova Dilora Nazarovna bugungi kunga qadar 60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 60 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 2 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. https://manuscripta-orientalia.kunstkamera.ru https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/1518
|
|
![]() |
Xoliqulov Sherzod Bozorovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2024-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “ХIХ asr oxiri – ХX asr boshida Turkiston o‘lkasi boshqaruv tizimida notarial idoralarning tutgan o‘rni” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshida Turkiston sud-notarial tizimi tarixi manbashunosligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Xoliqulov Sherzod Bozorovich bugungi kunga qadar 30 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 30 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, 2019-yilda “O‘zbekistonda madrasalar ta’lim tizimi tarixi manbashunosligi” ilmiy-amaliy grant loyihasi ishtirokchilaridan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 2 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. https://indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:ajmr&volume=10&issue=9&article=091 https://cajssh.casjournal.org/index.php/CAJSSH/article/view/132 |
Maxmudov Toxir Isayevich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2005-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “Temuriylar davri ta’lim tizimi tarixi” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda “Amir Temur va Temuriylar davri ta’lim tizimi tarixi manbashunosligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Maxmudov Toxir Isayevich bugungi kunga qadar 60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 60 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, 2019-yilda “O‘zbekistonda madrasalar ta’lim tizimi tarixi manbashunosligi” ilmiy-amaliy grant loyihasi ishtirokchilaridan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 1 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. https://www.t-science.org/arxivDOI/2018/02-58/PDF/02-58-33.pdf |
|
Abriyev Hazratqul Bo‘ronovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2007-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda “Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy obidalarining bunyod etilish tarixi manbashunosligi” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston ko‘chmanchi xalqlari tarixi manbashunosligi (Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yuritish hujjatlari asosida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Abriyev Hazratqul Bo‘ronovich bugungi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 50 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 2 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. https://indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:aca&volume=10&issue=12&article=033 https://www.oajournals.net/index.php/ijiaet/article/view/173 |
|
![]() |
Yarmatov Oybek Shaymanovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2023-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda “Turkistonda hind fuqarolari tarixi (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari)” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistondagi xorij fuqarolari faoliyatining tarixiy-manbaviy tahlili (Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Yarmatov Oybek Shaymanovich bugungi kunga qadar 60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 60 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 3 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. |
![]() |
Gadayev Omon Olimjonovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2024-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilda “Turkistonda hind fuqarolari tarixi (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari)” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Shuningdek, 2022-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘lgan. Gadayev Omon Olimjonovich bugungi kunga qadar 30 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 30 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 1 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. |
![]() |
Imomov Ulug‘bek Ismoilovich Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi kabinet mudiri. 2022-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda “G‘arbiy Yevropa tarxishunosligida Samarqand tarixining o‘rganilishi” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, 2022-yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Imomov Ulug‘bek Ismoilovich bugungi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy ishlari, shu jumladan, 40 ga yaqin xalqaro impact faktorli jurnallarda, 5 ta OAK ilmiy jurnallarida hamda 10 ga yaqin xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida nashr etilgan ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 2 ta ilmiy maqolasi nashr qilingan. https://tarj.in/wp-content/uploads/paper/AJMR/2020/AJMR-OCTOBER-2020.pdf |
Saidova Rahima Ilxomjonovna «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2013-yildan boshlab «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda “История Взаимосотрудничества Республики Узбекистан и Италии в экономической и культурной сфере (1991-2021)” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Saidova Rahima Ilxomjonovna bugungi kunga qadar 30 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 30 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. |
|
![]() |
Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi haqida Kafedra tarix fakultetining tengdoshi bo‘lib 1927-yilda «SSSR xalqlari tarixi» nomi bilan tashkil topgan. Professorlar S.V. Yushkov (1927-1934), M.Ya. Fenomenov (1934-1937), A.M. Malkov (1937-1941), A.P. Fituni (1944-1949), dosentlar X.F. Chikayev (1949-1956), Yu.N. Aleskerov (1956-1972) lar kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritganlar. 1997 yilda Yevroosiyo xalqlari tarixi hamda tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixni o‘qitish usullari kafedralari birlashtirildi. Kafedra mudiri bo‘lib, 1997-2000-yillarda t.f.d. prof. I.M.Saidov va 2002-2007-yillarda t.f.n. R.K. Yusupov ishladilar. 2007-yildan to 2013-yil may oyigacha kafedrani t.f.d. prof. I.M.Saidov boshqardi. 2013-yildan to hozirgi paytgacha kafedrani t.f.d. prof. B.E.Ergashev boshqarib kelmoqda. Shuningdek, kafedra tarixida M.U. Aminov, H.A. Aminov, O.A. Azimov, K.Yu. Yusupov, N.I. Axmedova, V.I. Sevryuk, S. Ismoilova, K.M. Mamatqulov, S. Hasanova, R. Uzoqov, M.A. Negmatova, O.A. Azimov kabi pedagog-olimlar o‘chmas iz qoldirdilar. |
![]() |
2002-yilda kafedrada Bolonya (Italiya) universiteti hamkorligida magistratura ochilgan. Ayni paytda kafedrada 5A120304 – «Tarixshunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari (mamlakatalar bo‘yicha)» va 5A210206 – «Muzeyshunoslik, konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash» mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura mavjud. Bugungi kunda zamon talabiga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash borasida o‘quv uslubiy moddiy baza yaratilgan. DTS talablariga javob beradigan o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Kafedrada prof. B.Ergashev “Делопроизводственная деятельность канцелярии Туркестанского генерал-губернаторства (историко-источниковедческий анализ)” mavzusidagi (Dsc) doktorlik dissertatsiyasini 2018-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutit qoshidagi ilmiy kengashda himoya qildi, assistentlar T.I. Mahmudov «Temuriylar davri ta’limi», M.J. Buzrukov «XV asr birinchi yarmidagi O‘rta Osiyo diniy hayotida Nizomiddin Xomushning tutgan o‘rni va roli», H.B. Abriyev «Amir Temur va temuriylar davrida me’moriy obidalarning bunyod etilishi (madrasa, masjid, xonaqo, hammom, sug‘orish inshootlari)» mavzularidagi nomzodlik dissertatsiyalari ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi a’zolari 2002-2007-yillarda “O‘zbekistonda tarix fanini o‘rganishning yangi yo‘nalishlari va manbashunosligi” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajargan bo‘lsalar, 2008-2013-yillarda «XIX-XX asrda va mustaqillik yillarida O‘zbekistonning madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi» mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. |
Kafedra hayotidan fotolavhalar