Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri  


    Feruz Narmanov — tarix fanlari doktori (DSc), dotsent. U 2010-yildan buyon Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.
    Feruz Narmanov  o‘z ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma nashr qilgan. Shu bilan birga, u 50 dan ziyod xalqaro va 150 dan ortiq respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop ettirgan. Tarix fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashlar a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston tarixi kafedrasi a'zolari

Nabiyev Farhod Hamidovich

nabiyevfarkhod@samdu.uz

 

    Tarix fanlari doktori, professor. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 1995-yilda “Turkistonda ijtimoiy siyosat muammolari va ziddiyatlari (1917-1924)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

    Farhod Nabiyev faoliyati davomida 6 monografiya, 1 darslik, 7 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etgan. Shuningdek, olim bugungi kungacha 4 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://www.neuroquantology.com/article.php?id=4247

 

Gʻafforov Shokir Safarovich

sh.s.gofforov.samgu@gmail.com

 

    Tarix fanlari doktori, professor. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 1989-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2003-yilda “Rossiya imperiyasining Turkistonga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari (XIX asr oxiri XX asr boshlari)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

    Shokir G‘afforov 2 xalqaro, 5 OAK huzuridagi jurnallarda tahririyat a’zosi. Faoliyati davomida 2 darslik, 12 o‘quv qo‘llanma, 5 monografiya, 6 risola, 360 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 6 ilmiy maqolasi e’lon qilingan.

https://johuns.net/index.php/abstract/287.html

Normurodova Go‘zal Bekmurodovna

 guzal.sam@mail.ru +99891 5284529

Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda.  

U 2011-yilda “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyati ijtimoiy qatlamlari: tarixiy tahlil” mavzusida nomzodlik, 2020-yilda “Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ijtimoiy qatlamlarning o‘rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 monografiya, 2 ilmiy risola, 3 darslik va o‘quv qo‘llanma, 4 uslubiy qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy jurnallarda maqolalar nashr ettirgan. Shuningdek, bugungi kunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 5 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.

https://bit.ly/3uNxw4t

Nasrullayev Mahmud Ibodullayevich

nasrullayevmahmud@samdu.uz

 

    Tarix fanlari nomzodi, dotsent. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 1976-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 1983-yilda “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarni internatsional ruhda tarbiyalash (1971-1980)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

    Mahmud Nasrullayev faoliyati davomida 1 monografiya (hammualliflikda), 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr qilgan. Shuningdek, olim AQSh va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 4 maqola ham chop etgan.

 

Gʻoyibov Bobir Sobirovich

bobirgoyibov1982@gmail.com

 

Tarix fanlari doktori, professor. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2011-yilda “Sug‘d konfederatsiyasida Panchning o‘rni (ilk o‘rta asrlar misolida)” mavzusida nomzodlik va 2017-yilda “Sug‘d konfederatsiyasining shakllanishi, taraqqiyoti va tanazzuli” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Bobir G‘oyibov faoliyati davomida 4 o‘quv va 4 uslubiy qo‘llanma, 11 monografiya chop ettirgan. Shuningdek, olimning bugunga qadar 150 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan.

 

Gʻaniyev Kamol Gʻaniyevich

kamalidinganiyev1947@gmail.com

 

    Tarix fanlari nomzodi, dotsent. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2016-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 

    Kamol G‘aniyev faoliyati davomida 10 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop etgan. Shuningdek, olimning bugunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda e’lon qilingan.

link

link

Vafayeva Jamila Bakiyevna

vafaevadjamilya1960@gmail.com

    Jamila Vafayeva — tarix fanlari nomzodi, professor. U 2020-yildan buyon Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Professor Jamila Vafayeva o‘z ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 3 ta darslik, 2 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma va 6 ta uslubiy qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Shu bilan birga, u 80 dan ortiq xalqaro va 70 dan ortiq respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop ettirgan. U xorijiy ilmiy grantlar loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Rahimov Bektosh Elmurodovich

raximovbektosh76@gmail.com

 

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2003-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “Turkiston general-gubernatorligida Kaspiyorti viloyatining tutgan o‘rni” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Bektosh Raximov 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, bugungi kunga qadar 3 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

 https://doi.org/10.17605/OSF.IO/DWGCU 

Xoliqulov Rustam Sharipovich

rustamholiqulov1957@gmail.com

Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1980-yilda S.Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutida faoliyatini boshlagan. 1992-yildan buyon SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida ishlab kelmoqda. 1992-yilda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi (1985-1990)" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Rustam Xoliqulov faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy-qo‘llanma nashr ettirgan hamda 10 ga yaqin xorijiy jurnallarda 130 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

Irisqulov Olimjon Jahongirovich

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. “XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Samarqanddagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar” mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Olimjon Irisqulov hozirgi kunga qadar 2 monografiya, 3 o‘quv qo‘llanma va 4 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallar va mahalliy nashrlarda 70 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=NfLv7KEAAAAJ&hl=ru&oi=sra

Ravshanov Sherbek Tursunqulovich

+99890 600 36 33 sherbek.ravshanov111@mail.ru

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  2022-yilda “Turkistonga Rossiya imperiyasi aholisi ko‘chib kelishining ijtimoiy tarixi (XIX asr oxiri – 1917-yil)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 

Sherbek Ravshanov bugungi kunga qadar 3 monografiya, 2 o'quv qo'llanma nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallar va mahalliy nashrlarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=ijo5cKUAAAAJ

Yakubova Muhtaram Bakayevna

e-mail:yakubovamukhtaram@gmail.com

O'zbekiston tarixi kafedrasi assistenti. SamDU tarix fakultetida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “G‘arb tarixshunosligida Samarqand tarixi”“Germaniya va nemiszabon tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixi” mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Muhtaram Yakubova bugungi kunga qadar 5 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallar hamda mahalliy jurnal va nashrlarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=YDYbX8EAAAAJ&hl=ru

Gatin Marat Salavatovich

marat_gata@mail.ru

Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 2024-yildan beri Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida faoliyat yuritadi. 2006-yilda Qozon davlat universitetida “Проблемы истории Улуса Джучи и постордынских государств Восточной Европы в немецкой историографии XIX – XX вв.” bo‘yicha tarix fanlari nomzodlik disseratsiyasini yoqlagan. Rus, tatar, nemis, ingliz, o‘zbek tillarini mukammal egallagan. Faoliyati davomida 6 ta darslik, 11 ta monografiya, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. 12 tadan ortiq maqolasi SCOPUS jurnallarida nashr etilgan. hirsh-index 3.

2022-2025 yillarga mo‘ljallangan 23-18-00147, https://rscf.ru/project/23-18-00147/-raqamli “Социально-политическая организация евразийского пространства в Средние века (исторический опыт Золотой Орды и Ирана XIII–XIV вв.)” mavzusidagi Rossiya ilmiy jamg‘armasining grant rahbari.

http://www.researcherid.com/rid/M-1917-2013

http://www.scopus.com/authid/detail.url?authorId=57201649466

http://elibrary.ru/author_items.asp?authorid=536190

Abzalov Lenar Firgatovich

len_afzal@mail.ru

Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 2024-yildan beri Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida faoliyat yuritadi. 2009-yilda Qozon davlat universitetida “Официальный письменный язык и канцелярская культура Улуса Джучи” bo‘yicha tarix fanlari nomzodlik disseratsiyasini yoqlagan. Rus, tatar, ingliz, turk tillarini mukammal egallagan. Faoliyati davomida 5 ta darslik, 7 ta monografiya, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. 13 tadan ortiq maqolasi SCOPUS jurnallarida nashr etilgan. hirsh-index 3.

2022-2025 yillarga mo‘ljallangan 23-18-00147, https://rscf.ru/project/23-18-00147/-raqamli “Социально-политическая организация евразийского пространства в Средние века (исторический опыт Золотой Орды и Ирана XIII–XIV вв.)” m avzusidagi Rossiya ilmiy jamg‘armasining grant a’zosi.

http://www.researcherid.com/rid/HRD-8827-2023

http://www.scopus.com/authid/detail.url?authorId=57200993361

http://elibrary.ru/author_items.asp?authorid=SPIN-%D0%BA%D0%BE%D0%B4

http://orcid.org/0000-0003-3952-6715

Aleksandr Strokanov

Vermont davlat universiteti, gumanitar fanlar instituti direktori, professor. 

U jahоn tarixiga kirish, G‘arb sivilizatsiyasi, Yevropa va Osiyo tarixini fanlaridan dars beradi. Aleksandr Strokanov 12 dan ortiq  darsliklar, 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, bir qator xalqaro grantlar ijrochisi.

Ilmiy qiziqish sohasi: Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixi va siyosati.

Xabijanova Gulnara Bolatovna

 

Al Farobiy nomidagi Qozogʻiston Davlat universitetni tamomlagan. Tarix fanlari doktori, professor. 42 dan ortiq oʻquv-uslubiy ishlar, 40 dan ortiq xorijiy jurnallarda, jumladan SCOPUS va WEB of Science jurnallarida ilmiy maqolalar muallifi. Bir qator xorijiy va fundamental loyihalarning rahbari va ijrochisi hisoblanadi.

Xurramova Saodat Xabibovna

1980 yildan SamDU falsafa kafedrasida, 2004 - yildan SamDU qoshidagi Mintaqaviy malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazida dotsent lavozimida ishlagan. Saodat Xurramova pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, SamDU O’zbekiston tarixi kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 1991 yilda “Yuqori sinf o’quvchilarida jamiyat haqidagi bilimlarga qiziqishni rivojlantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Saodat Xurramova faoliyati davomida 10 dan ortiq o’quv va uslubiy qo’llanmalar nashr ettirgan. Shuningdek olima bugungi kunga qadar 60 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va Respublika nashrlarda e’lon qilingan.

 

 

 

Xasanova Shoxista Hasanovna

khasanova7667@gmail.com

Kafedra assistenti. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Shoxista Xasanova  faoliyati davomida 25 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Aziza Shotemirova Usarovna

azizashotemirova359@gmail.com

Kafedra assistenti. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2015-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Samarqand viloyatidagi sanoat korxonalari va ishchi-xodimlarning ijtimoiy hayoti 1946-1991- yillarda” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Aziza Shotemirova faoliyati davomida 5 ta xorijiy va 10 ta respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

 

 

 

Xoliqulov Azizbek Yorqulovich

axoliqulov86@gmail.com

Kafedra assistenti. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda iqtisodiy munosabatlar tarixi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Azizbek Xoliqulov faoliyati davomida 3 ta xorijiy va 8 ta respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Hasanov Murod Gʻaybullayevich
xasanovmurod@samdu.uz

 

O'zbekiston tarixi kafedrasi assistenti. SamDU tarix fakultetida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “XVIII asr ikkinchi yarmi XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 
Murod Hasanov hozirgi kunga qadar 8 xorijiy va 15 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=PWHtdKcAAAAJ

Shenkar Michael

Islomdan oldingi Eronshunoslik kafedrasi dotsenti. U islomgacha bo‘lgan Eron dunyosi sivilizatsiyalari va madaniyatlarini moddiy qoldiqlar va vizual tasvirlar orqali o‘rganishga ixtisoslashgan. Uning ilmiy qiziqishlari islomgacha boʻlgan Eron va Markaziy Osiyo arxeologiyasi, sanʼati va dinlari, jumladan zardushtiylik (diniy ikonografiyaga alohida eʼtibor qaratgan holda), Yevroosiyo koʻchmanchilari madaniyati, Soʻgʻd sivilizatsiyasi va “Ipak yoʻllari”ni qamrab oladi.

Professor Shenkar hozirda Tojikiston Fanlar akademiyasi doktori Sharof Qurbonov bilan birgalikda Tojikiston shimolidagi So‘g‘distonning Sanjar-Shoh shahrida (milodiy V–IX asrlar) qazishmalar direktoridir.

Uning ilmiy merosi keng qamrovli bo‘lib, “Nomoddiy ruhlar va o‘yilgan tasvirlar. Islomdan oldingi Eron dunyosidagi xudolarning ikonografiyasi” (Boston–Leyden, 2014), “Panjikent rasmlarida Faramarz dostoni” (2014), “Sosoniy ikonoklazmini qayta ko‘rib chiqish” (2015), “Buyuk Eron bo‘linishi: Anikonik G‘arb va Antropomorfik Sharq o‘rtasida” (2017), “So‘g‘d fuqarolik jamiyatlarining kelib chiqishi (nāf)” (2020) kabi nufuzli xalqaro nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlari bilan mashhur.

Professor Shenkar Isroil Oliy Ta'lim Kengashining Alon yosh o‘qituvchilar uchun stipendiyasi, Fransiya institutining Ghirshman Akademiyasi mukofoti, Germaniya Arxeologiya Institutida Aleksandr fon Gumboldt ilmiy stipendiyasi, shuningdek Quddus Ibroniy universitetining eng yaxshi doktorlik dissertatsiyasi uchun Maks Shlomiuk mukofotiga sazovor bo‘lgan.

U Zardushtiylik dini, islomgacha boʻlgan Eron va O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi, Sosoniylar imperiyasi moddiy madaniyati, So‘g‘d tsivilizatsiyasi va “Ipak yo‘llari” tarixi bo‘yicha bir qator maxsus kurslar olib boradi.

Sadullah Gülten
sadullah.gulten@hbv.edu.tr

Tarix fanlari doktori, professor. 2025-yildan buyon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida faoliyat yuritadi. 2014-yilda dotsent, 2019-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 2023-yildan Ankara Hoji Bayram Veli universitetining “Alevi-Bektoshiy madaniyati” kafedrasida faoliyat boshlagan.

Professor Gülten Turk madaniyati va Hoji Bektosh Veli tadqiqot markazi direktori ham hisoblanadi. U “Bozok turkmanlari”, “Ajdoddan vatanga yoriqlar”, “Heterodoks darveshlar va alaviylar”, “Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning ajdodlari”, “Turklar tarixi” kabi mavzularda ilmiy maqolalar yozgan.

Shuningdek, u “Ali”, “Usmonlilar va Safaviylar o‘rtasidagi Qizilboshlar”, “Bo‘zokdan Yozgatgacha: qishloqlar va dehqonlar (1529–1844)”, “Uch, yetti, qirq: g‘ayb olam sultonlari”, hamda “Xunlardan Turkiya Respublikasining asosi” (tahrir) nomli kitoblar muallifidir.

 

O‘zbekiston tarixi kafedrasi haqida

Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi 1929-1937-yillar Oliy pedagogika instituti (1927-1930) Oliy Pedagogika akademiyasi (1930-1933), O‘zbekiston davlat universiteti tarkibida O‘rta Osiyo tarixi kafedrasi nomi bilan tashkil topdi. 1937-1941-yillarda esa O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. 1944-yilda O‘zDU tiklangach O‘rta Osiyo va xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi sifatida hamda 1959-1994-yillarda yana O‘zbekiston xalqlari tarixi va 1994-2005 yillarda esa Vatan tarixi kafedrasi nomi bilan yuritildi. 2005-yildan Vatan tarixi kafedrasiga fakultetlararo O‘zbekiston tarixi kafedrasi qo‘shilgach, hozirgi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

 

Ushbu kafedrada bugungi kunda 5 nafar professor, 6 nafar fan doktori va 8 nafar fan nomzodi, PhD dotsent 4 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Kafedra a’zolari O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Navoiy va Jizzax OTM lari va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar, O‘zFA Tarix instituti va Arxeologiya instituti hamda Angliyaning Oksford universiteti, AQSh, Garvard universiteti, Germaniyaning Berlin va Gumboldt universitetlari, Vena (Avstriya) universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib borishmoqda. Hozirda kafedrada Oksford universiteti professori Aleksandr Morrison va MDU professori Aleksandr Kadirbayevlar faoliyat yuritishmoqda.

Kafedra qoshida 2021-yildan “O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” nomli ilmiy markaz, shuningdek, “Moziydan sado” nomli talabalar ilmiy to‘garagi ishlab kelmoqda. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil respublika tanlovlarida bellashmoqdalar. Jumladan, O‘zbekiston tarixining yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha “Tafakkur sinovlari” tanlovida “Ulug‘bek vorislari” jamoasi bilan qatnashib, 2012-yilda 1-o‘rinni, 2013-yilda 3-o‘rinni egalladilar. Kafedra bitiruvchilari orasidan Prezident, atoqli arboblar nomidagi stipendiyalar sohiblari va respublika miqyosidagi olimpiadalar g‘oliblari yetishib chiqqan.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 40 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan hamda 20 dan ortiq monografiya, 50 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 30 dan ziyod ilmiy to‘plam, 900 ga yaqin ilmiy maqola va 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan.

Hozirgi kunda kafedrada “O‘zbekiston hududida davlatchilik tarixi: an’analar va transformatsion jarayonlar (2021-2025-yy.)” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedradan yetishib chiqqan taniqli olimlar:

Professor Po‘lat Soliyev (1882-1937) – Samarqand davlat universiteti tashkilotchilaridan biri, O‘rta Osiyo tarixi kafedrasi mudiri va O‘zbekistonda tarixchilik maktabining asoschilaridan hisoblanadi.

Professor I.Umnyakov (1894-1976) – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.

Professor M.Aminov (1908-1992) – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.

Professor M.Abramov (1926-1998) – “Do‘stlik” ordeni sohibi.

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  • O‘zbekiston tarixi
  • O‘zbekiston davlatchiligi tarixi
  • O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Sharq allomalarining ilmiy merosi
  • O‘zbekiston tarixini o‘qitish metodikasi (7-, 8-, 9-sinflar)
  • O‘zbekiston tarixini o‘qitish metodikasi (10-, 11-sinflar)
  • Qadimgi turkiy davlatlar tarixi
  • O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixi
  • Ilk o‘rta asrlar Sug‘d konfederatsiyasi tarixi
  • O‘zbekiston me’moriy yodgorliklari va muqaddas qadamjolari tarixi

    Magistratura

  • O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik
  • O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari
  • O‘zbekistonda savdo munosabatlari va tadbirkorlik tarixi
  • O‘zbekiston mustamlaka va sovet mustabid tuzumi davrida
  • O‘zbekiston tarixi toponimlari
  • O‘zbekiston tarixi fanida innovatsiyalar

 

Kafedra hayotidan fotolavhalar