Filologiya fakulteti
Fakultet dekani
Pardayev Azamat Baxronovich
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99866-239-18-92; +99891 537-34-84
- Elektron pochta: a-pardayev@samdu.uz
Biografiya
- 1992-1993-yillar Kitob tumani Shodmon Umarov jamoa xo’jaligi ishchisi;
- 1993-1998-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
- 1999-2002-yillar Samarqand davlat universiteti aspiranti;
- 2002-2005-yillar Samarqand davlat universiteti yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o’rganish markazi boshlig’i;
- 2005-2009-yillar Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i;
- 2009-2011-yillar Samarqand davlat universiteti doktoranti;
- 2011-2012-yillar Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi katta ilmiy xodimi;
- 2012-2013-yillar Samarqand davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i;
- 2013-2014-yillar Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi;
- 2014-2015-yillar Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi dosent vazifasini bajaruvchisi;
- 2015-2018-yillar Samarqand davlat universiteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi dosenti;
- 2018-2020-yillar Samarqand davlat universiteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri.
- 2020-yil 30-maydan Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani.
FAKULTET HAQIDA
Filologiya fakulteti universitet bilan tengdosh - u 1927 yilda tashkil etilgan. Fakultetning ilm-fan va ta’lim maskani sifatida shakllanishida Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, G’ozi Olim Yunusov, Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullayev, Ulug’ Tursunov, Yevgeniy Polivanov, Abdulla Sulaymonov, Orif Ikromov, Xudoyberdi Doniyorov, G’ani Abdurahmonov, Botirxon Valixo’jayev, Rahmatulla Qo’ng’urov, Nuriddin Shukurov, Rahmonqul Orzibekov, Nazar Rajabov kabi taniqli olimlarning xizmatlari kattadir. Bugungi kungacha fakultet «filologlar beshigi» sifatida mamlakatimiz va Markaziy Osiyo respublikalari ta’lim tizimiga o’n minglab yuqori malakali filolog-mutaxassislar tayyorlab berdi. Ular orasida atoqli davlat, jamoat va fan arboblari, 120 dan ziyod fan doktorlari, 500 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi.
Hozirgi paytda fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 10.00.01 - O’zbek tili. 10.00.02 - O’zbek adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tillari va adabiyotlari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ixtisosliklari bo’yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Hozirgi paytda fakultetda 12 nafar fan doktori, professor, 25 nafar fan nomzodi, dosentlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan ikki nafari (M.Muhiddinov, H.Umurov) “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. 10 nafar professor-o’qituvchi davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan.
Fakultetdagi 5 ta kafedrada ishlayotgan 65 nafar professor-o’qituvchilar o’zbek tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo’nalishlarida samarali tadqiqotlar olib borishmoqda.
Fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriatda 611 nafar talaba, 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha 36 nafar yosh tadqiqotchi magistraturada ta’lim olmoqda. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun «Shalola» she’riyat klubi, «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh notiq» kabi ilmiy-ijodiy to’garaklar mavjud bo’lib, ular fakultetdagi hamda fakultet jamoasi hamkorlik qilayotgan akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi ijodkor yoshlarni o’z saflariga birlashtirgan.
MALAKA TALABLARI
Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari
5120101 Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili
5120117 Filologiya va tillarni o’qitish: tojik tili
Magistratura yo'nalishi malaka talablari
5A111201 O’zbek tili va adabiyoti
5A120101 Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti
5A120101 Adabiyotshunoslik: tojik adabiyoti
5A120102 Lingvistika: o’zbek tili
5A120102 Lingvistika: tojik tili
5A120105 Folklorshunoslik va dialektologiya