OROLBO‘YIDA XALQARO EKOLOGIK TADBIRLAR O‘TKAZILDI
“Eko-madaniyat” umumilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasi hamda “Orolbo‘yiga eko-ta’lim sayohatlari” haftaligi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha doirasida “10 ming qadam” piyoda yurish aksiyasi, daraxt ekish tadbirlari va yoshlar ekofestivallari tashkil etildi. Mazkur tashabbuslar aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.
Xalqaro tadbirda Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti dotsenti Sulton Suyarov boshchiligida fakultet talabalari ham faol ishtirok etdilar.





