Samarqand davlat universiteti
telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri


Mirzoqulov Hotam Baxtiyor o‘g‘li

hotam_mirzoqulov@samdu.uz

khotammirzokulov@gmail.com

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU telekommunikatsiya injiniringi kafedrasida 2026-yildan buyon kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda “Metamateriallar asosida antenna-fider qurilmalarining samaradorligini oshirish usullari va modellari” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Hotam Mirzoqulov 1 darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 7 uslubiy qo‘llanma muallifi. Xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq, mahalliy nashrlarda 10 ta maqola e’lon qilgan. Davlat patent qo‘mitasidan 6 ta EHM uchun yaratilgan dasturiy vositalarni qayd qilish guvohnomasini olgan. Shuningdek, olim bugungi kunga qadar 19 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=7i5lHqMAAAAJ&hl=ru

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57210464740

 

Jumanov Xaqberdi Axmedovich
 

jumanov56@mail.ru

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti. 1997-yilda “Suvli muhitning to‘rt fotonli qutblanish spektroskopiyasi” mavzusida fizika-matematika fanlari nomzodi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2022-yilda 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.

Xaqberdi Jumanov faoliyati davomida 100 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, 2 o‘quv qo’llanma, 2 monografiya va 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalarning muallifi hisoblanadi. 10 dan ortiq ishlab chiqilgan dasturiy vositalar uchun Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalarini olgan. Shuningdek, bugunga qadar 13  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57216809304

https://scholar.google.com/citations?user=0OyVS8wAAAAJ&utm=ru

Abdug‘afur  Hotamov

abdugofur.xotamov@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti. 2019-yilda “Radiomonitoring tizimida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash uchun antenna majmuasini ishlab chiqish” mavzusida (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Abdug‘afur Hotamov 60 ga yaqin ilmiy ishlarning, 3 o‘quv, 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning muallifi hisoblanadi. 10 ga yaqin ishlab chiqilgan dasturiy vositalar uchun Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalarini olgan. Shuningdek,  bugunga qadar 6 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda  maqolalar e’lon qilgan.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57220225777

Nizamov Akram Numanovich

nizamovakram 12@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi dotsenti. 1994-yilda “Ba’zi bir ksanten bo’yoqlarining spectral-lyuminesstent, fotofizik, fotoximik va generastion xususiyatlarini suyuqliklarda va polimer matristalarda o’rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Akram Nizamov faoliyati davomida 90 ga yaqin ilmiy ishlarning, 1ta mualliflik guvohnomasi, 1 monografiya, 8  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning muallifi hisoblanadi. 9 ga yaqin ishlab chiqilgan dasturiy vositalar uchun Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalarini olgan. Shuningdek, bugunga qadar 2 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda  maqolalar e’lon qilgan.

http://scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59465021400

Xidirov Abduvali Maxmadaliyevich

abduvalixidirov88@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti. 2024-yilda “Yopiq aloqa kanallari uchun magnitooptik mantiqiy qurilmalarni ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2026-yilda 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.

Abduvali Xidirov faoliyati davomida 100 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan 1  darslik, 2 o‘quv qo’llanma, 2 monografiya va 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalarning muallifi hisoblanadi. 10 dan ortiq ishlab chiqilgan dasturiy vositalar uchun Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalarini olgan. Shuningdek, bugunga qadar 10 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57216807761

https://scholar.google.com/citations?user=04DzrpsAAAAJ&hl=ru

 

Kilichov Jasur Ruzikulovich

kilichovj1987@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi o‘qituvchisi. “Maxsus optik tolali aloqa linyalarda tashqi akustik maydon ta’sirida yorug‘lik oqimini moduliyatsiyalash effektini aniqlash usuli” mavzusida ilmiy ishlar olib borilmoqda. 30 dan ortiq maqolasi xorijiy va respublika jurnallarida e’lon qilingan. Shuningdek, u Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57212342887

https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=DSkJvN8AAAAJ

Bolbekov Ma’rufjon Abdumannon o‘g‘li

bolbekovm1990@gmail.com
 

Samarqand davlat universiteti telekommunikasiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi. Hozirgi kunda “Raqamli aloqa tizimlari antenna qurilmalarida metamateriallarni qo‘llash modeli va usuli” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy ishlar hamda 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr ettirgan.

Tadqiqotchining ilmiy izlanishlari natijalari xalqaro e’tirof etilgan Scopus va Web of Science ilmiy-texnik bazalariga kiruvchi nufuzli jurnallarda 4, xalqaro jurnal va konferensiya to’plamlarida 20 ga yaqin maqolasi e’lon qilingan.

Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

 https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=572123487988 

 

 

Jumaboyev Tuyg’un Ahtamovich

tuygunjumaboyev15@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikasiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi. Hozirgi kunda “Optoelektron qurilmalar tok o'tkazuvchi elementlari magnitoelastikligini elektromagnit moslashuvchanlikni hisobga olgan holda matematik modellashtirish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 50 ga yaqin ilmiy ishlar hamda, 1ta o’quv qo’llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma nashr ettirgan.

Tadqiqotchining ilmiy izlanishlari natijalari xalqaro e’tirof etilgan Scopus va Web of Science ilmiy-texnik bazalariga kiruvchi nufuzli jurnallarda 4 ta, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 2 ta maqola tarzida e’lon qilingan. Shuningdek, olim xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 20 ta hamda respublika miqyosidagi anjumanlarda 11 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Shuningdek, u Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57212349214

Nurmruodov Jasurbek Xayrulloyevich

jasurbeknurmurodov1@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi. “Spektral xarakteristikalar bo‘yicha radioelektron vositalarni aniqlash va tanib olish usullarini ishlab chiqish”  mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Jasurbek Nurmurodov 40 ga yaqin ilmiy ishlarning, 1 o‘quv, 2 elektron darslik 5  uslubiy qo‘llanmalarning muallifi hisoblanadi. 5 ga yaqin ishlab chiqilgan dasturiy vositalar uchun Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalarini olgan. 30 ga yaqin xalqora va respublika jurnallarida, 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda  maqolalar e’lon qilgan. Shuningdek, u Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58933359400

Djurayev Adiljon Abdukadirovich

odil85dj@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti. Hozirgi kunda “Haroratni hisobga olgan holda tok o'tkazuvchi plastinkaning magnitoelastik deformatsiyalanish jarayonini matematik modellashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Scopus va Web of Science bazalariga kiruvchi nashrlarda 2 ta maqola chop etgan. 1 o‘quv qo‘llanma va 4 uslubiy qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Tadqiqotlari davomida respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda hamda konferensiyalarda 30 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan. Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 5 ta EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59731322200&origin=resultslist

Xadjayev Muxammadzoir Safarmamatovich

muxammadzoir1983@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti. “Yuqori tezlikli ma’lumot uzatish tizimlarida optik tola elementlarining spektral xarakteristikalarini yaxshilash modellari va algoritmlari” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Scopus va Web of Science bazalariga kiruvchi nashrlarda 10 maqola chop etgan. 1 o‘quv qo‘llanma va 3 uslubiy qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Tadqiqotlari davomida respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda hamda konferensiyalarda 20 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan. Shuningdek, u Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 4 EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58672817100

Urinov Jamshid Ortiqovich

urinov595@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti. Hozirgi kunda “Vanadiy oksid va shpinel tuzilmasidagi VO2, VO2 :N, VO2 : S, VO2 :Cl plyonkalarning fizikaviy xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Scopus va Web of Science bazalariga kiruvchi nashrlarda 6 maqola chop etgan. 1 o‘quv qo‘llanma va 10 uslubiy qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Tadqiqotlari davomida respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda hamda konferensiyalarda 30 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan. Shuningdek, u Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57212347954

https://scholar.google.com/citations?user=K_Am4XsAAAAJ&hl=en   

G‘ayratov Zafarjon Kamoliddinovich

zafargayratov94@gmail.com

Samarqand davlat universiteti telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti. “Aqlli muhit (Smart Environment) infratuzilmasida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan model va algoritmlar” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Scopus va Web of Science bazalariga kiruvchi nashrlarda 3 maqola chop etgan. 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma va 10 uslubiy qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Tadqiqotlari davomida respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda hamda konferensiyalarda 30 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan. Shuningdek, u Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 10 dan ortiq EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifi hisoblanadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59682459200

https://scholar.google.com/citations?user=IWnJeT8AAAAJ&hl=ru


 
 

Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi haqida

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati telekommunikatsiya va infokommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, zamonaviy simsiz aloqa texnologiyalari, antenna-fider qurilmalari, optik aloqa tarmoqlari, raqamli signallarga ishlov berish, sun’iy intellekt usullarini telekommunikatsiya jarayonlariga tatbiq etish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan. Ilmiy izlanishlar natijalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda muhokama qilinib, nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda muntazam chop etilmoqda.

 

Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy va innovatsion loyihalar, ilmiy-tadqiqot grantlari hamda xo‘jalik shartnomalari asosidagi ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur tadqiqotlar telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, yangi avlod infokommunikatsiya tizimlarini yaratish, mavjud tarmoqlarning samaradorligi va ishonchliligini oshirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, kafedrada iqtidorli talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar ilmiy faoliyatga keng jalb etilib, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy maqolalar tayyorlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Kafedrada bugungi kunda Klagenfurt universiteti (Avstriya), Konkuk universiteti (Janubiy koreya), Malayziya Terengganu universiteti, Malayziya Perlis universiteti (Malayziya), M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg telekommunikasiyalar univesiteti, Rossiya texnologik universiteti kabi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.