Erasmus+ KA171 dasturi doirasida L’Akvila universitetida (Italiya) öqiş uçun magistratura va doktorantura talabalari orasida tanlov e’lon qilinadi
L’Akvila universiteti (Italiya) Erasmus+/KA1 Higher Education – ICM loyihasi (kelişuv № 2024-1-IT02-KA171-HED-000233409) doirasida 2026/2027 öquv yili uçun birinçi oçiq tanlov e’lon qilindi.
Mobillik şartlari
• Yönalişlar: 0541 «Matematika»; 0588 «Matematika va statistika bilan boğliq fanlararo dasturlar va malakalar».
• Ta’lim darajasi: magistratura (2-sikl) va doktorantura (3-sikl).
• Davomiyligi: 5 oy; mobillik 2026/2027 öquv yilining ikkinçi semestrida boşlanadi.
Moliyaviy şartlar
• Individual qöllab-quvvatlaş: oyiga 900 yevro.
• Imkoniyatlari çeklangan iştirokçilar uçun qöşimça qöllab-quvvatlaş: oyiga 250 yevro.
• Yöl xarajatlari (boriş-qaytiş): 1 188 yevro.
Tanlov mezonlari (jami 100 ball)
1. Akademik özlaştiriş va transkript (40 ballgaça).
2. Öquv kelişuvi loyihasi (Learning Agreement), ya’ni qabul qiluvçi universitet dasturlari doirasidagi öquv reja (30 ballgaça).
3. CEFR şkalasi böyiça til biliş darajasi (15 ballgaça).
4. Rezyume (CV) va motivatsion xat (15 ballgaça).
Minimal ötiş bali: 100 balldan 60. Ballar teng bölganda imkoniyatlari çeklangan, maqomi hujjatlar bilan tasdiqlangan nomzodlarga ustunlik beriladi. Bunday toifalarga iqtisodiy, tibbiy, ijtimoiy va geografik tösiqlar hamda soğliq imkoniyatlarining çeklanganligi kiradi.
Avvalgi mobilliklarga qöyiladigan talab
Bitta ta’lim sikli doirasidagi mobillik davrlarining umumiy davomiyligi 12 oydan oşmasligi kerak. Hisobga LLP-Erasmus, Erasmus+ (KA103, KA107/171) dasturlari va Erasmus Mundus stipendiatlari sifatida ötilgan davrlar kiritiladi.
Zarur hujjatlar
1. Belgilangan şakldagi rezyume (CV).
2. Motivatsion xat.
3. Öquv kelişuvi loyihasi (UNIVAQ kurslar katalogini hisobga olgan holda).
4. Transkript (özlaştiriş köçirmasi).
5. Pasport nusxasi.
6. Erasmus+ dasturida avval iştirok etgani haqida ma’lumot yoki iştirok etmaganligi töğrisidagi deklaratsiya.
7. Ingliz yoki italyan tilini biliş sertifikati.
8. Qöşimça sertifikatlar (mavjud bölsa).
9. Imkoniyatlari çeklangan şaxslar uçun tasdiqlovçi hujjatlar deklaratsiyasi va tegişli ma’lumotnomalar (zarur bölganda).
Barça hujjatlar ingliz yoki italyan tilida tayyorlanişi yoki rasmiy tarjima bilan birga taqdim etilişi kerak.
Dasturda iştirok etiş uçun 2026-yil 25-noyabrgaça universitetning xalqaro hamkorlik boşqarmasiga murojaat qilib, maslahat oliş va nominatsiya jarayonidan ötiş lozim.
Aloqa uçun: Zebuniso Mansurova
Tel: +998 91 543 38 92

