Nagoya universitetida NUPACE talabalar almashinuvi dasturiga nomzodlar qabuli davom etmoqda
Yaponiyaning Nagoya universiteti (Nagoya University) 2026/2027 o‘quv yilining bahorgi semestri uchun NUPACE (Nagoya University Program for Academic Exchange) akademik almashinuv dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar qabuli davom etayotganlgini ma’lum qilamiz.
Mazkur dastur talabalarga Yaponiyaning yetakchi universitetlaridan birida tahsil olish, xalqaro akademik tajriba orttirish hamda Yaponiyaning ta’lim va madaniy muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.
Nomzodlarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 1-oktabr.
Ta’lim olish muddati: 2027-yil bahorgi semestr
Elektron pochta: nupace@t.mail.nagoya-u.ac.jp.
Qiziqish bildirgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot olish hamda nomzodlarini taqdim etish jarayonidan o‘tish uchun universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkin.

