L’Akvila universiteti (Italiya) Erasmus+/KA1 Higher Education – ICM loyihasi (kelişuv № 2024-1-IT02-KA171-HED-000233409) doirasida 2026/2027 öquv yili uçun 6-mintaqa (Markaziy Osiyo) hamkor universitetlari xodimlari örtasida birinçi oçiq tanlovni e’lon qiladi.

Mobillik şartlari

• Faoliyat turi: HE-STT, xodimlarning malaka oşiriş (stajirovka) maqsadidagi mobilligi.

• Yönalişlar: 0541 «Matematika»; 0588 «Matematika va statistika bilan boğliq fanlararo dasturlar va malakalar».

• Davomiyligi: 5 kun, yölga ketadigan 2 kun bundan mustasno. Mobillik 2026/2027 öquv yilining ikkinçi semestrida boşlanadi.

Moliyaviy şartlar

• Individual qöllab-quvvatlaş: kuniga 190 yevro.

• Yöl xarajatlari: 1 188 yevro.

Tanlov mezonlari (jami 100 ball)

1.  Rezyume (CV), jumladan, ingliz yoki italyan tilini biliş darajasi (40 ballgaça).

2.  Mobillik kelişuvi (Mobility Training Agreement) (40 ballgaça).

3.  Qöşimça sertifikatlar (20 ballgaça).

Minimal ötiş bali: 100 balldan 60. Barça hamkorlardan hujjatlar kelib tuşgaç, UNIVAQ akademik komissiyasi umumiy reyting va zaxira nomzodlar röyxatini tuzadi.

Zarur hujjatlar

1.  Belgilangan şakldagi rezyume (CV).

2.  Stajirovka uçun mobillik kelişuvi loyihasi (Mobility Training Agreement).

3.  Ingliz yoki italyan tilini biliş sertifikati.

4.  Qöşimça sertifikatlar (mavjud bölsa).

Barça hujjatlar ingliz yoki italyan tilida tayyorlanişi yoki rasmiy tarjima bilan birga taqdim etilişi kerak.

Dasturda iştirok etiş uçun 2026-yil 25-noyabrgaça universitetning xalqaro hamkorlik boşqarmasiga murojaat qilib, maslahat oliş va nominatsiya jarayonidan ötiş lozim.

Aloqa uçun: Zebuniso Mansurova

Tel: +998 91 543 38 92