Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong Maxsus ma’muriy hududi hukumati tomonidan 2027/2028-öquv yili uçun ta’sis etilgan «Bir kamar, bir yöl» (Belt and Road Sçolarşip) stipendiyasini qölga kiritiş imkoniyatini qöldan boy bermang!

Mazkur dastur «Bir kamar, bir yöl» taşabbusida iştirok etuvçi mamlakatlar va hududlardan iqtidorli xorijiy talabalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bölib, ularga Gonkongning yetakçi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oliş imkoniyatini taqdim etadi.

Stipendiya quyidagi ta’lim dasturlariga hujjat topşiruvçi nomzodlar uçun möljallangan:

•   Bakalavriat dasturlari – Gonkongda oliy ma’lumot olişni rejalaştirayotgan talabalar uçun;

•   Tadqiqotga yönaltirilgan oliy ta’limdan keyingi dasturlar (Researç Postgraduate) – ilmiy tadqiqotlar olib boriş va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlaşga qiziqqan nomzodlar uçun.

Stipendiya tegişli ta’lim dasturining belgilangan muddati davomida kontrakt tölovlarini töliq qoplaşni nazarda tutadi. Stipendiyani keyingi yillarda davom ettiriş masalasi har yili körib çiqiladi va stipendiatning qoniqarli akademik özlaştiriş körsatkiçlariga ega bölişiga boğliq.

Dasturda Gonkongning quyidagi oliy ta’lim muassasalari iştirok etadi:

•           City University of Hong Kong;

•           Hong Kong Baptist University;

•           Lingnan University;

•           The Çinese University of Hong Kong;

•           The Education University of Hong Kong;

•           The Hong Kong Polyteçnic University;

•           The Hong Kong University of Science and Teçnology;

•           The University of Hong Kong;

•           The Hong Kong Academy for Performing Arts.

Hujjat topşiriş tartibi

Stipendiya uçun arizalar dasturda iştirok etuvçi universitetlar orqali topşiriladi. Nomzodlarga oldindan özlari tanlagan oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari bilan tanişib çiqiş, qabul tartibi, abituriyentlarga qöyiladigan talablar, zarur hujjatlar röyxati va hujjat topşiriş muddatlari haqida ma’lumot oliş tavsiya etiladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni quyidagi rasmiy veb-saytdan oliş mumkin: Belt and Road Sçolarşip.

Eslatma: Hujjat topşiriş muddatlari va nomzodlarga qöyiladigan talablar tanlangan universitet hamda ta’lim dasturiga qarab farq qilişi mumkin. Şu sababli, iştirok etişning amaldagi şartlarini aniqlaştiriş uçun tegişli oliy ta’lim muassasasi bilan oldindan boğlaniş tavsiya etiladi

Ilova