2027-yil uçun Xitoy hukumati stipendiya dasturi: Tyanszin universitetida ta’lim oliş imkoniyati
Xitoyning yetakçi oliy ta’lim muassasalaridan biri, muhandislik va texnologiya sohalaridagi kuçli ilmiy maktabi bilan tanilgan Tyanszin universiteti (Tianjin University, TJU) 2027-öquv yili uçun magistratura va doktorantura bosqiçlarida tahsil olişga möljallangan Xitoy hukumati stipendiyasi (CSC) – Yuqori darajadagi magistratura va doktorantura dasturi (B turi) böyiça hujjatlar qabul qiliş boşlanganini e’lon qiladi.
Ilmiy faoliyatida yangi bosqiçga kötariliş va Osiyoning jadal rivojlanayotgan ilmiy markazlaridan birida ta’lim oliş istagida bölgan bakalavriat talabalari, bitiruvçilar, magistrantlar hamda yoş tadqiqotçilarni uşbu dasturda iştirok etişga taklif qilamiz.
Stipendiya ta’lim oliş davridagi asosiy xarajatlarni töliq qoplaydi:
- öqiş tölovidan töliq ozod etiş;
- universitet kampusidagi talabalar turar joyidan joy ajratiş;
- kompleks tibbiy suğurta;
- oylik stipendiya: magistrantlar uçun 3 000 yuan, doktorantlar uçun 3 500 yuan.
Stipendiya ta’limning butun davri uçun ajratiladi: magistratura dasturlari uçun 2-3 yil, doktorantura dasturlari uçun 3-4 yil.
Tyanszin universitetida turli ilmiy yönalişlar böyiça ta’lim oliş imkoniyati mavjud. Universitetda, asosan, muhandislik, tabiiy va texnika fanlari yönalişlariga alohida e’tibor qaratilgan. Şu bilan birga, menejment va gumanitar fanlar sohalari ham faol rivojlantirilmoqda.
Ta’lim yönalişlari röyxati:
Nomzodlarga qöyiladigan talablar
- Akademik özlaştiriş. GPA körsatkiçi kamida 3,2 / 4 bölişi lozim. Doktoranturaga topşiruvçi nomzodlarning kamida bitta ilmiy maqolasi çop etilgan bölişi talab etiladi.
- Ingliz tilini biliş darajasi. Ingliz tilida olib boriladigan dasturlarga hujjat topşirişda ingliz tili ona tili bölmagan hamda avvalgi oliy ta’lim muassasasida ta’lim ingliz tilida olib borilmagan nomzodlar TOEFL (kamida 80 ball) yoki IELTS Academic (kamida 6,0 ball) sertifikatini taqdim etişlari lozim.
- Xitoy tilidagi dasturlar. HSK 5 darajali sertifikat talab etiladi. Sertifikat böyiça natija kamida 180 ball bölişi kerak. Uşbu hujjat ariza topşiriş uçun zarur hujjatlar töplamiga kiritilişi şart.
Hujjatlarni topşirişning oxirgi muddati: 2027-yil 15-yanvar.
Şuningdek, universitet hamkor oliy ta’lim muassasalari tomonidan nomzodlarni tavsiya etiş imkoniyatini ham taqdim etadi. Nomzodlar röyxati (ilova qilingan şakl) töldirilib, 2027-yil 5-yanvardan keçiktirmay elektron poçta orqali Tyanszin universitetiga yuborilişi lozim. Öz universiteti tomonidan tavsiya etilgan nomzodlarga stipendiya oliş uçun tavsiya etişda ustuvorlik beriladi.
Muhim: universitet tomonidan tavsiya etiliş yoki nomzod sifatida körsatiliş talabalikka qabul qilinişni anglatmaydi. Qabul böyiça yakuniy qaror Tyanszin universiteti tomonidan qabul qilinadi va rasmiy qabul xabarnomasi orqali tasdiqlanadi.
Nima uçun uşbu dasturda iştirok etiş kerak?
Tyanszin universitetida tahsil oliş kuçli ilmiy-tadqiqot muhitida faoliyat yuritiş, xalqaro tajriba orttiriş, kasbiy aloqalarni kengaytiriş hamda global mehnat bozorida talab yuqori bölgan malakaga ega böliş imkonini beradi. Töliq moliyaviy ta’minot esa talabalarga öqiş va ilmiy izlanişlarga e’tibor qaratiş imkoniyatini yaratadi.
Uşbu imkoniyatni qöldan boy bermang! Hujjatlarni tayyorlaşni hozirdan boşlang: til biliş darajangizni tasdiqlang, akademik hujjatlaringizni tayyorlang va özingizga mos ta’lim dasturini tanlang.
Dasturda iştirok etiş istagida bölgan talabalar va professor-öqituvçilarga nomzodlik şaklini oliş hamda qöşimça ma’lumotlarga ega böliş uçun Xalqaro hamkorlik boşqarmasiga murojaat qiliş tavsiya etiladi.

