UNIVERSITAS MERCU BUANA (INDONEZIYA) TALABALAR ALMASHINUVI DASTURIDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI
Universitas Mercu Buana (UMB), Indoneziya universitetining 2026/2027-o‘quv yilining 2-semestri uchun Student Exchange Program talabalar almashinuvi dasturida ishtirok eting.
Dastur talabalarga bir semestr davomida xalqaro akademik muhitda tahsil olish, yangi ta’lim va madaniy tajriba orttirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Nomzodlarni tavsiya etishning so‘nggi muddati: 2026-yil noyabr.
Viza uchun hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil dekabr.
Dastur boshlanishi: 2027-yil mart.
Dastur yakuni: 2027-yil avgust.
Dastur kimlar uchun mo‘ljallangan?
Dasturda xalqaro akademik tajriba orttirish va Indoneziyada tahsil olishga qiziqayotgan Samarqand davlat universiteti talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok etish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, zarur hujjatlar ro‘yxati va ariza topshirish tartibi haqidagi batafsil ma’lumot Student Exchange Program Fact Sheet axborot bukletida keltirilgan.
Qiziqish bildirgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot olish va nomzodlarini tavsiya etish jarayonidan o‘tish uchun universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Indoneziyada bir semestr tahsil olish, yangi akademik va madaniy muhit bilan tanishish hamda xalqaro imkoniyatlaringizni kengaytirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ilova

