M.F. Reshetnyov nomidagi Sibir davlat fan va texnologiyalar universiteti Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalarini Rossiya Federatsiyasi Hukumat kvotasi (davlat stipendiyasi) asosida magistratura yoki aspirantura dasturlarida tahsil olish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov doirasida quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  •  Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha bepul ta’lim (butun o‘qish davri davomida);
  •  Har oylik akademik stipendiya, o‘qishdagi natijalardan qat’i nazar;
  •  Yotoqxona bilan ta’minlanish (universitetda bo‘sh joy mavjud bo‘lsa).

Eslatma: Quyidagi xarajatlar tanlov doirasiga kiritilmaydi:

  • Yo‘l xarajatlari;
  • Yashash xarajatlari;
  • Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi;
  • Viza to‘lovi;
  • Tibbiy ko‘rik va daktiloskopiya (barmoq izlari) xarajatlari.

 Ta’lim jarayoni: 2026-yil sentabr oyida boshlanadi.

 Kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan 2-Ilovada tanishishingiz mumkin.
 Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar (3-Ilova) 2025-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

 Arizalar uchun manzil: reshetnevuniversity@yandex.ru