Janubiy Koreyaning Chonnam Milliy universitetida 2022-yil kuz (2023-yil bahori) semestr almashinuv dasturi bakalavriat va magistratura talabalari uchun grand e’lon qiladi. CNU Yeosu kampusida “Intensiv koreys tili kurslarini” boshlagan.

    Dastur haqida batafsil ma'lumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin:

    https://international.jnu.ac.kr/Inbound/Incoming/FactSheet

    Dastur FAQAT bakalavriat talabalari uchun. Talabalar faqat koreys tilini o'rganmoqchi bo'lsa, ular to'rtta koreys tili va ikkita koreys ma’daniyati bo'yicha darslarda qatnashib, jami 18 kredit (3 kredit * 6 kurs) olishlari mumkin. Dasturda Yeosu kampusini tanlash talab etiladi.

    Dastur  bakalavriat va magistratura talabalari uchun. 2023-yil bahorgi semestr kurslari roʻyxati 2023-yil yanvar oyi oxirida mavjud boʻladi. Bakalavriat talabalari 6 tagacha (1 kurs, 3 kredit, jami 18 kredit) va magistratura talabalari 3 ta kursni (1 kurs, 3 kredit, jami 9 kredit) tanlashi mumkin.

    CNU tomonidan so'nggi besh yil davomida taklif qilingan ingliz tili kurslarini quyidagi havolada ko'rishingiz mumkin:

    https://international.jnu.ac.kr/Academic/Schedule

    Ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar ro’yhati 2022-yil 30-oktyabrgacha SamDU Xalqaro bo’limida shakllantiriladi va nomzodlar (xalqaro bo’lim ro’yxatida bo’lmagan talabarning arizalari qabul qilinmaydi) 20-noyabrgacha quyidagi havola orqali ariza topshirishlari talab etiladi:

    https://international.jnu.ac.kr/Program/ExStdNomination.aspx