Ozarbayjondagi Marokash hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy va texnik ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida grant-stipendiya olish uchun tanlov e’lon qildi.

    Ta’lim fransuz tilida bo‘lganligi bois, nomzodlar O‘zbekistondagi xalqaro til markazlarida (Fransiya madaniyat markazi yoki Fransuz alyansi) imtihon topshirishlari lozim.

    Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda Marokash xalqaro hamkorlik agentligi (www.amci.ma) veb-saytida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi va o‘qishga kirish tizimidan on-line tarzda o‘tishi kerak.

    Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 30-sentabr.

    Hujjatlar Marokash Podshohligining Baku shahridagi diplomatic vakolatxonasiga oʻz vaqtida yetkazilishi uchun 2022-yil 10-sentabrdan kechiktirilmagan holda, Vazirlikning Xalqaro aloqalar boshqarmasi xab@edu.uz elektron pochta manziliga ham yuborilishi talab etiladi.

    Hujjatlar Vazirlikka universitetning rasmiy xati bilan topshirilishi lozim.