Tabiiy fanlar sohasida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarga taqdim etiladigan YUNESCO va Ekvatorial Gvineya tomonidan joriy etilgan mukofotga 2022-yil uchun tanlov e’lon.

    Хalqaro mukofot YUNESKO tashkilotiga a’zo-davlatlardan tanlab olingan, tabiiy fanlar sohasida inson hayotini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqot ishlanmalari va loyihalari bo‘yicha ish olib borayotgan nomzodlarga  taqdim etiladi.

    Mukofot miqdori 350.000 AQSH dollarini tashkil etadi va tanlovda muvaffaqiyatli qatnashgan uch nafar nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi va diplom hamda haykalcha bilan taqdirlanadi.

    Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hay’at tavsiyasi asosida YUNESCO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi.

    YUNESCO/Ekvatorial Gvineya mukofoti uchun tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyida keltirilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari hamda ariza varaqalarini to‘ldirishlari kerak:

    https://unesco/org/account-request

    Hujjat topshirish muddati: 2022-yil 15-noyabr.

    Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar uchun zarur hujjatlar:

- ariza varaqasi;

- nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha (1000 so‘zdan  oshmagan holda) axborot;

- nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot;

- nomzodning muhim 10 ta ilmiy nashrlarining ro‘yxati.