Universitetda bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlandi

2018-2019 yilida Samarqand davlat universitetida 31 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 1911 nafar bakalavr, 41 ta mutaxasislik boʻyicha 217 nafar magistrant bitiruvchilar mavjud.
Universitet bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 22-maydagi 160 son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida 2019 yil 16 maydan boshlab “Oʻzbekiston tarixi”, “xorijiy til” va “mutaxassislik” fanlari boʻyicha yakuniy davlatattestatsiya sinovlarini topshirishmoqda.
Davlat attestatsiya sinovlari nazorat va adolat komissiyalari ishtirokida markazlashgan holda oʻtkazilmoqda. Sinovlar 2019-yil 30-iyunga qadar davom etadi.


